O‘zbekiston | 12:16 / 01.08.2025
4242
2 daqiqa o‘qiladi

Hafta oxirida quruq ob-havo saqlanib turadi

O‘zbekistonda dam olish kunlari quruq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati +32…+35, janubda ba’zi joylarda +38 darajagacha bo‘ladi.

Foto: Kun.uz

Avgust oyining birinchi kunlarida O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi, deya xabar bermoqda «O‘zgidromet».

Juma kunduzi Farg‘ona vodiysida, shuningdek, Toshkent viloyatining tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi.

Havo harorati +32…+35 daraja atrofida, janubda ba’zi joylarda +38 darajagacha bo‘ladi. Bu avgust oyi boshi uchun kuzatilgan iqlim me’yorlaridan 12 darajaga pastdir, deyiladi xabarda.

Respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 13−16 metr/soniyagacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.

Toshkent shahrida juma kunduzi havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Dam olish kunlari havo asosan kam bulutli bo‘ladi. Shamol sharqdan 38 metr/soniya tezlikda esadi, kunning ikkinchi yarmida shamol tezligi 1215 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +20…+23 daraja, kunduzi +32…+35 daraja bo‘ladi.

Bundan oldinroq 1 avgust kuni Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkinligi xabar qilingandi.

Mavzuga oid