O‘zbekiston | 20:39 / 23.08.2025
17784
21 daqiqa o‘qiladi

Prezident fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat kabi soha vakillaridan bir guruhini taqdirladi

Mustaqillikning 34 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston muftiysiga «Oliy darajali Imom Buxoriy» ordeni berildi. Saida Rametova xalq artisti, Ozodbek Nazarbekov esa xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi bo‘ldi. Shuningdek, boks bo‘yicha terma jamoa katta murabbiysi Rahmatjon Ro‘zioxunov ham taqdirlangan.

Foto: Prezident matbuot xizmati (arxiv)

Shavkat Mirziyoyev Mustaqillikning 34 yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat va san’at sohalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida farmon imzoladi.

Faxriy unvon, orden va medallar o‘z egalariga «mustaqillikni mustahkamlash, o‘z iste’dodi, xalqning intellektual salohiyati va ma’naviyatini yuksaltirish, yosh avlodni tarbiyalash yo‘lidagi ko‘p yillik samarali xizmatlari va boshqa xizmatlari uchun» berilgan.

Taqdirlanganlar orasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazar ham bor, unga «Oliy darajali Imom Buxoriy» ordeni berildi. Xorazm, Andijon viloyatlari va Toshkent shahri bosh imom-xatiblari, shuningdek, poytaxtdagi «Minor» masjidi imom-xatibiga «Imom Buxoriy» ordeni taqdim qilindi.

Aktyor va aktrisalar Karim Mirhodiyev, Saida Rametova va Tohir Sayidov «O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti», xonanda Jahongir Foziljonov «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist» bo‘lgan, badiiy so‘z ustasi Mirzatilla Xolmedov «Mehnat shuhrati» ordeniga, madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov esa «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi» unvoniga loyiq ko‘rildi.

Bundan tashqari, badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi a’zosi Taxmina Ikromova «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi» unvoni, boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi katta murabbiysi Rahmatjon Ro‘zioxunov, aktrisa Yulduz Rajabova, Ahrorjon Usmonov va Lola Yo‘ldosheva «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlangan.

To‘liq ro‘yxat:

«Oliy Darajali Imom Buxoriy» ordeni bilan

  • Xoliqnazar Nuriddin Mirzahamdam o‘g‘li – O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy

«Imom Buxoriy» ordeni bilan

  • Abdullayev Abdulhay Boltaboyevich – O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi arab tili va adabiyoti al-Azhar kafedrasi dotsenti
  • Abdullayev Xayrulla Ibodullayevich – Xorazm viloyati bosh imom-xatibi
  • Alimov Mirzamaxsud Xatambekovich – Andijon viloyati bosh imom-xatibi
  • Sayfudinov Raxmatula Xabibulayevich – Toshkent shahar Yunusobod tumani “Minor” masjidi imom-xatibi
  • Yunusov Abduqaxxor Rixsibayevich – Toshkent shahar bosh imom-xatibi, Toshkent shahar Shayxontohur tumani “Shayx Zayniddin” jome masjidi imom-xatibi

«O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti» faxriy unvoni bilan

  • Mirxadiyev Karim Xusanovich – O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi a’zosi, kino va teatr aktyori
  • Rametova Saida Xodjiyevna – O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori
  • Sayidov Toxir Samandarovich – O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori

«O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi» faxriy unvoni bilan

  • Baybosinov Sarsenbay Bazarbayevich – J.Izentayev nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati rangtasvir fani o‘qituvchisi, rangtasvirchi rassom

«O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri» faxriy unvoni bilan

  • Genjyemuratov Baxtiyar Allambergenovich – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir, tarjimon

«O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi» faxriy unvoni bilan

  • Narmatov Feruzbek Ruzimbayevich – Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti o‘qituvchisi, baxshi

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist» faxriy unvoni bilan

  • Axmedova Zarina Axmedovna – O‘zbekiston davlat filarmoniyasi «Navro‘z» ashula va raqs ansambli badiiy rahbari, baletmeyster
  • Berdiyev Ilxombek Yuldashevich – O‘zbekiston davlat drama teatri aktyori
  • Pazildjanov Jaxongir Gayratovich – “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi
  • Ruzmetov Otabek Avazmatovich – O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Xorazm viloyati bo‘linmasi balet artisti

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni bilan

  • Xodjayev Ablat – O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti bo‘lim boshlig‘i
  • Sheraliyeva Tatyana Turgunovna – Farg‘ona viloyati innovatsion madaniyat markazi direktori

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi» faxriy unvoni bilan

  • Bo‘tayeva Farida Kuziyevna – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari, shoira
  • Nazarbekov Ozodbek Ahmadovich – O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist» faxriy unvoni bilan

  • Ermatov Husan Tohirovich – «Ishonch» va «Ishonch-Doverie» gazetalari bosh muharriri

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi» faxriy unvoni bilan

  • Vlasova Liliya Vildanovna – Gimnastika bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabining badiiy gimnastika bo‘yicha murabbiysi
  • Dostanov Alimardon Maxmur o‘g‘li – Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining boks bo‘limi murabbiysi

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi» faxriy unvoni bilan

  • Ikromova Taxmina Izatulloyevna – Badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi» faxriy unvoni bilan

  • Akbarov Mirshavkat Miralimovich – Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining gepatobiliar jarrohlik va transplantologiya bo‘limi rahbari, jarroh

«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan

  • Ruziaxunov Rahmatjon Tursunovich – Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi katta murabbiysi
  • Tashmatov Mamurdjan Ganiyevich – O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Davlat Djaz orkestri badiiy rahbari

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

  • Abdullayev Nasrulla Djalilovich – O‘zbekiston Fanlar akademiyasining O‘simlik moddalari kimyosi instituti direktori o‘rinbosari
  • Akbarova Farida Sharaximovna – O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tasarrufidagi «Bo‘ston sanatoriysi» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Toshkent viloyati
  • Askarov Ibragim Raxmanovich – Andijon davlat universiteti kimyo kafedrasi professori
  • Ataxanova Xakimaxon – O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri yetakchi sahna ustasi
  • Botirov Nizomidin Fayzullayevich – Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori
  • Raxmanov Vaxob – Guliston davlat universitetining o‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi dotsenti
  • Raxmatov Mirvaxit Miraxmatovich – O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, ganchkor usta, Toshkent shahri
  • Saatov Tal’at – O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti laboratoriya mudiri
  • Tojiyev Kilich Musajonovich – Oltiariq tumanidagi 14-bolalar musiqa va san’at maktabi direktori, xonanda, Farg‘ona viloyati
  • Xalmedov Mirzatilla Nigmatovich – O‘zbekiston davlat satira teatri direktori, badiiy so‘z ustasi

«Do‘stlik» ordeni bilan

  • Abdullayev Rejabboy To‘rayevich – Respublika «Hunarmand» uyushmasi a’zosi, do‘ppido‘z, Andijon viloyati
  • Akbarov Abdulla Maxsutaliyevich – Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatri artisti, badiiy so‘z ustasi, Farg‘ona viloyati
  • Arzuova Nabiyra – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  • Baymuratova Irina Viktorovna – Angren shahridagi 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabining informatika fani o‘qituvchisi, Toshkent viloyati
  • Barasheva Svetlana Muxtarovna – Samarqand viloyati rus drama teatri oliy toifali artisti
  • Begmatov Xayriddin Xoliqulovich – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi, Samarqand viloyati
  • Boynazarov Farxod Erkinovich – Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri bosh rejissyori
  • Borchaninov Kirill Valerevich – Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri opera solisti
  • Buvayev Vaxobjon Sodiqovich – Respublika «Hunarmand» uyushmasi a’zosi, kulol, Namangan viloyati
  • Djurayev Erkin Zayniyevich – O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, rangtasvirchi rassom, Buxoro viloyati
  • Yo‘ldoshev Shuhrat Temirovich – «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi xonandasi
  • Kudainazarov Amangeldi Aidarbekovich – Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatri sahnalashtiruvchi rejissyori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  • Kurbonov Shukurjon – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir
  • Latipov Azizxon Gaybullayevich – Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri solist-vokalisti
  • Maxkamov Baxtiyar Mirxodiyevich – O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, dastgohli rangtasvirchi rassom
  • Maxkamov Toxir Turgunovich – «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi Farg‘ona viloyati bo‘limi xonandasi
  • Mustafoyev Suyundik – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi
  • Muxamedov Davlat Kadirovich – Xorazm viloyati «Al-Amal Ijod» xususiy korxonasi ganch o‘ymakor ustasi
  • Muxtarov Ildar Askadovich – O‘zbekiston Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti bosh ilmiy xodimi
  • Omar-Mun Yasmina Xalidovna – Uchtepa tumanidagi 16-bolalar musiqa va san’at maktabi o‘qituvchisi, xonanda, Toshkent shahri
  • Rajabova Yulduz Shamshiddinovna – teatr va kino aktrisasi
  • Sultanov Allabergan Durdiyevich – Xorazm viloyati ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasining kitoblarni saqlash bo‘limi mudiri
  • Tadjimuratova Uljan Turdimuratovna – Toshkent shahri Oliy sport mahorati maktabining erkin kurash bo‘yicha murabbiysi
  • Taraskin Aleksandr Andreyevich – Toshkent shahridagi «Smart school» nodavlat ta’lim muassasasining biologiya fani o‘qituvchisi
  • Turgunov Toxir Mirxasimovich – O‘zbek Milliy maqom san’ati markazi Yunus Rajabiy nomidagi «Maqom» ansambli oliy toifali artist-sozandasi
  • Usmonov Axrorjon Xolmatovich – O‘zbekiston davlat filarmoniyasi xonandasi
  • Xaji Akbar Aysa – Shinjon tibbiyot universiteti rektori, Xitoy Fanlar akademiyasi Shinjon fizik-kimyoviy texnika institutining akademik direktor o‘rinbosari
  • Xametov Rustam Raufovich – «O‘zbeksirk» davlat muassasasi direktori o‘rinbosari, sirk artisti
  • Xamrayeva Nadira Mixaylovna – Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri balet artisti
  • Xolmatova Ug‘uloy Sultonovna – Bekobod tumani madaniyat bo‘limining «Nilufar» folklor maktabi badiiy rahbari, Toshkent viloyati
  • Xolmirzayev Boir Mirzaaliyevich – O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi a’zosi, kinoaktyor
  • Xusanov Mirabzal Zairovich – O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi a’zosi, bastakor
  • Xusanova Nigora Kaxramonjonovna – O‘zbekiston davlat konservatoriyasining maxsus fortepiano kafedrasi katta o‘qituvchisi
  • Ergasheva Barno Baxtiyarovna – «Tomosha» bolalar musiqiy teatr-studiyasi bosh baletmeysteri
  • Yuldasheva Lola Ravshanbekovna – “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi

II darajali «Salomatlik» ordeni bilan

  • Axmedov Xoliyor Ergashevich – Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax filiali 1-jarrohlik bo‘limi shifokor-jarrohi
  • Dadayev Xurshid Xamidjanovich – Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining neyrojarrohlik jonlantirish bo‘limi mudiri
  • Janabayev Baxtiyor Bazarbayevich – Toshkent davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘lim mudiri
  • Masharipov Kadambay – Urganch davlat tibbiyot institutining nefrologiya, gemodializ, travmatologiya va ortopediya kafedrasi dotsenti
  • Mirzayeva Zaxida Djurayevna – Olmazor tumanidagi 15-oilaviy poliklinikasi hamshirasi, Toshkent shahri
  • Sodiqova Nasiba Axmadovna – Respublika tez tibbiy yordam markazining Navoiy viloyati filiali Xatirchi tumani tez tibbiy yordam stansiyasi navbatchi feldsheri
  • Yariyev Alijon Ravshanovich – Guliston shahridagi «Ravshan davolash maskani» xususiy klinikasi jarrohi, Sirdaryo viloyati

II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

  • Yodgorov Zavqiddin Rasulovich – Buxoro viloyati qo‘g‘irchoq teatri bosh rassomi
  • Yokubova Xalima Jo‘rayevna – Muborak tumanidagi «Sheyx» oilaviy shifokorlik punkti oilaviy shifokori
  • Kadirov Ramz Turabovich – O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti dotsenti
  • Mannopova Oydinxon Sultonaliyevna – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyining ijrochi direktori
  • Pirmatova Nodira Yigitaliyevna – Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining maqom xonandaligi kafedrasi mudiri, xonanda
  • Suyarkulov Sherali Rustambekovich – Farg‘ona davlat universitetining aholi tomorqalaridan samarali foydalanish va dorivor o‘simliklar kafedrasi katta o‘qituvchisi
  • Teshabayev Tulkin Zakirovich – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori
  • Tog‘ayeva Gulandom Jumayevna – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira, Toshkent viloyati
  • Xalikova Muxabbat Shadiyevna -Termiz shahridagi 2-oilaviy bolalar uyi rahbari, Surxondaryo viloyati

«Sog‘lom turmush» medali bilan

  • Abduvaitova Larisa Amindjanovna – Tibbiyot bosh boshqarmasining 1-markaziy klinik shifoxonasi bosh hamshirasi
  • Qutbiddinova Naima Abduqayimovna – Uychi tumanidagi «Yorqatay» oilaviy shifokorlik punkti tibbiy brigadasi doyasi, Namangan viloyati
  • Safarova Guljahon Safarovna – Oqdaryo tumanidagi «Uzun» oilaviy shifokorlik punkti mudiri, Samarqand viloyati

«Kelajak bunyodkori» medali bilan

  • Do‘smatova Mushtariy Yigitaliyevna – O‘zbekiston davlat filarmoniyasi «Shodlik» ansambli balet artisti
  • Kamalxodjayeva Shukronaxon Axmadillo qizi – Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi «Bahor» davlat raqs ansambli balet artisti
  • Kosimova Iroda Joxongir qizi – «Diydor» yoshlar eksperimental teatr-studiyasi artisti
  • Matveyeva Darina Sergeyevna – «O‘zbeksirk» davlat muassasasi oliy toifali artisti
  • Norov Feruzbek Izzatulloyevich – O‘zbek milliy maqom san’ati markazining Yunus Rajabiy nomidagi «Maqom» ansambli maqomchisi
  • Nurmatova Shoxidaxon Urmonjon qizi – Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri opera solisti
  • Piyazov Akilbek Burkit uli – Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri opera solisti
  • Sarsenbayeva Inkar Alpisbayevna – Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatri aktrisasi
  • Elmurodzoda Ulug‘bek Axmadjon o‘g‘li – Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatri oliy toifali artist-maqomchisi

«Shuhrat» medali bilan

  • Abdullayev Ravshan O‘ktamovich – Yangiobod tumanidagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabining geografiya fani o‘qituvchisi, Jizzax viloyati
  • Abdullayev Rasuljon Rustamjon o‘g‘li – O‘zbekiston davlat filarmoniyasining davlat xor kapellasi oliy toifali xor artisti
  • Abduraximov Faxriddin Sadikovich – O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Mahalla» teleradiokanali radio loyihalar muharririyati bosh muharriri
  • Absamatov Muxitdin Ismatovich – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir
  • Akramov Mahammadziyo Ravshanbek o‘g‘li – «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi xonandasi
  • Axmedova Nasiba Seydaxmetovna – Respublika «Hunarmand» uyushmasi a’zosi, o‘yinchoqlar yasovchi usta, Toshkent shahri
  • Baxromova Dilnoza Eshmirzayevna – Samarqand viloyati Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi paradzyudo bo‘yicha murabbiysi
  • Bekmetov Boltaboy – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir, tarjimon, Xorazm viloyati
  • Vaisov Mansurbek Egamberganovich – Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining maqom xonandaligi kafedrasi katta o‘qituvchisi
  • Valatina Viktoriya Sergeyevna – O‘zbekiston davlat filarmoniyasining «Munojot» raqs ansambli balet artisti
  • G‘aybullayev G‘ulom Saydalimovich – Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutining agrobiologiya fakulteti dekani
  • Gulmurotov Dilmurod Sayitmurotovich – Guliston tumanidagi 2-bolalar musiqa va san’at maktabining baxshichilik sinfi o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati
  • G‘ulomjonov Qaxramon Rustamjon o‘g‘li – «Havas» oilaviy guruhi xonandasi
  • Djorabayeva Dilfuzaxon Mamundjanovna – O‘zbekiston davlat filarmoniyasining «Shodlik» ansambli bosh baletmeysteri
  • Dosmuxamedov Taxirdjan Djurayevich – O‘zbekiston Teatr arboblari uyushmasining ijodiy bo‘limi boshlig‘i, teatrshunos
  • Jumayev Turg‘un Po‘latboyevich – Navoiy viloyati qo‘g‘irchoq teatri aktyori
  • Imomova Shahribonu Komilovna – «Guliston» va «Teatr» jurnallari birlashgan tahririyati bosh muharriri
  • Kattaboboyev Sherzod Muxiddinovich – Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri oliy toifali drama artisti
  • Maxmudov Nodirjon Kabildjanovich – «Yangi O‘zbekiston» va «Pravda Vostoka» gazetalari tahririyati katta muxbiri
  • Maxmudova Farangiz Nuridin qizi – Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining maqom cholg‘u ijrochiligi kafedrasi o‘qituvchisi, sozanda
  • Mirzayev Dilmurod Valijonovich – O‘zbekiston davlat filarmoniyasining Milliy karnay-surnay guruhi badiiy rahbari
  • Mirzayeva Kamila Baxtiyor qizi – O‘zbekiston davlat filarmoniyasining «Navro‘z» ansambli balet artisti
  • Muminov Lochinbek Nuriddin o‘g‘li – O‘zbekiston davlat simfonik orkestri oliy toifali orkestr artisti
  • Musabekov Dilshod Komilbekovich – «Dizayn PRO» mas’uliyati cheklangan jamiyati aktyori
  • Muxamedjanov Gulamjon Ibragimovich – Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi «Bahor» davlat raqs ansambli artist-sozandasi
  • Nabiyev Abduraufbek Abdurazzoq o‘g‘li – «Rapid Company» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, rejissyor
  • Rajabov Xayrillo Sadilloyevich – Akademik Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining diagnostika bo‘limi shifokori
  • Raimkulov Azamat Kenjyebayevich – O‘zbekiston davlat simfonik orkestri oliy toifali orkestr artisti
  • Raxmonova Gulasal Itolmasovna – Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri solist-vokalisti
  • Raxmonova Guzal Shavkatovna – O‘zbekiston davlat simfonik orkestri oliy toifali orkestr artisti
  • Sayburxanov Zafarbek Obidjanovich – Andijon viloyati musiqali drama teatri aktyori
  • Seytxalilova Maftuna Axatovna – Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrining «Tumor» ansambli balet artisti
  • Toshev Davlat Bo‘ronovich – O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, miniatyurachi rassom
  • Tugalov Botir Baxromovich – Samarqand viloyati musiqali drama teatri direktori
  • Umarov Mirzayunus Djurayevich – Respublika «Hunarmand» uyushmasi a’zosi, yog‘och o‘ymakori, Farg‘ona viloyati
  • Hamdamova Odinaxon Arabboy qizi – Para velosport bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
  • Haydarov Ilhomjon Ergash o‘g‘li – «Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi» davlat unitar korxonasi rejissyori
  • Choriyev Nurilla Ortiqovich – «Yoshlik» jurnali bosh muharriri, yozuvchi
  • Sharipov Andrey Mirsameyevich – O‘zbekiston triatlon federatsiyasi sportchisi
  • Elliyeva Dildora Anvarovna – Jondor tumanidagi 4-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi, Buxoro viloyati

Mavzuga oid