Ma’lumot uchun, 2024 yilda qabul qilingan qarorga muvofiq, nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida (jumladan, xalqaro matematika, kimyo, biologiya, fizika hamda informatika olimpiadalari) yuqori natija qayd etgan o‘quvchilarga katta miqdorda pul mukofoti belgilangan.

Qarorga ko‘ra: oltin medal uchun — 2500 BHM, kumush medal uchun — 1500 BHM, bronza medal uchun — 1000 BHM miqdorida mukofot puli to‘lanadi.

Ayni paytda amaldagi BHM 412 000 so‘m ekani hisobga olinsa, ushbu mukofotlar oltin medal uchun 1 mlrd 30 mln so‘m, kumush medal uchun 618 mln so‘m, bronza medal uchun 412 mln so‘mni tashkil etadi.

Shuningdek, mazkur tartibda g‘oliblarni tayyorlagan ustozlar va terma jamoa rahbarlariga ham belgilangan me’yorlar asosida mukofotlar berilishi nazarda tutilgan.