Jamiyat | 11:19 / 01.06.2017
30778
3 daqiqa o‘qiladi

Aqiqaga so‘yiladigan jonivorni kelin tomonga yuklash - zulm va nomardlikdir

Biror-bir oilada farzand dunyoga kelsa, ota-ona yaxshi niyatla aqiqa qiladi. El-yurtni chaqirib, dasturxon yozadi. Ammo ana shu marosimni o‘tkazish vaqtida turli xatoliklar va hatto gunoh amallarga qo‘l uriladiki, oqibatda insonlarga jabr bo‘ladi, aqiqaning savobi kamayadi yoki butkul yo‘qoladi. «Zikr ahlidan so‘rang» hay'atiga kelgan savollardan birida shunday gap boradi:

“Assalomu alaykum! 

1. Yaqinda akamni nikoh to‘yi va ukamni sunnat to‘yi munosabati bilan tog‘am so‘qim sifatida qoramol uchun pul berdilar. Ushbu pulga olingan qoramolni akam, ukam, singlim va menga aqiqa sifatida so‘yib, to‘yga ishlatdik. Ushbu narsa xato emasmi?

2. Shu aqiqa uchun so‘yilgan molni kalla va terisini sotib, to‘y uchun ishlatish mumkinmi yoki biror oilaga ehson sifatida berish kerakmi?

3. Aqiqa uchun so‘yilgan jonliqni go‘shti va suyagini itlarga berish mumkin emasmi?

Ushbu savollarga quyidagi tartibda javob qaytarilgan.

- Va alaykum assalom! Savolingiz uchun tashakkur. Siz muolaja qilinishi zarur bo‘lgan muammoni o‘rtaga tashlabsiz.  Avvalo, aqiqaga so‘yiladigan jonivorni kelin tomonga yuklash zulm, nomardlik va tark qilish vojib bo‘lgan bid'atdir. Odamlar orasida qudalar kelin tomondan talab qilishlari, ta'ma qilishlari urf darajasiga yetgan. Bunday qilish shar'an harom amal hisoblanadi. Haromdan kelgan molni yeyish ham haromdir. Chunki bu tilanishga kiradi. Bir kunlik taomi bor insonga tilanish harom hisoblanadi. Shariatimizda “Alma'ruf kal mashrut” degan qoida bor. Ya'ni urfga kirgan narsa shartlashib olish bilan bir xil. Bu degani aqiqa jonlig‘ini kelin tomonga shart qilish hisoblanadi. Shariat esa bunday shartni inkor qiladi.

2). Aqiqaga so‘yilgan jonivorni biror narsasini sotish joiz emas. Haqdorlarga bering o‘zlari sotib olishaversin.

3). Bekor gap. 

Vallohu a'lam!

Mavzuga oid