Bugunning mavzusi sir emaski, töy-haşamlar bilan boğliq oğriqli muammo bölib qoldi. Aslida-ku, bu muammo asrlar muqaddam kötarilgan va uning ayançli oqibatlari haqida başorat qilingandi. Ming taassufki, bu oqibatlar bugunga kelib, öz aksini çunonam körsatdiki, davlat rahbari darajasida tilga olindi.

Yaqinda Özbekiston musulmonlari idorasiga bir savol yöllanibdi. Uning mazmuni bilan tanişar ekansiz, bir yiğlagingiz keladi, bir kulgingiz. Emişki, ota beçora öğlini uylantiriş uçun Xalq bankidan kredit olgan. Bugunga kelib, nima qilarini bilmay boşi qotgan. Çunki mavjud tartib-qoidalarga köra, olingan pul öz vaqtida qaytarilişi kerak-da. Xullas, nima qilarini bilmagan ota musulmonlar kengaşidan maslahat va yordam sörab maktub yöllagan. ÖMI fatvo hay'ati esa quyidagi tartibda javob yöllagan:

“Ming afsus, şariatdan xabari yöq köpçilik insonlar qarzga töy qilib, keyin qiynalib yurişadi. Aslida, imkoniyatdan kelib çiqib, kamtarona töy qiliş va ortiqça orzu-havasga berilmaslik kerak edi. Qarzdan qutuliş uçun uşbu duoni öqiş ham tavsiya qilingan:

«Qulillaahumma maalikal-mulki tu’til-mulka man taşaa-u va tanzi'ul-mulka mimman taşaau, va tu'izzu man taşaau va tuzillu man taşaa-u biyadikal-xoyru. Innaka 'ala kulli şay’in qodiyr». «Rohmanad-duniya val-oxirati va rohiymahumaa tu'tiy minhumaa man taşaau iqzi 'annii dayniy».

Şu örinda biroz tafakkur qilsak. Bandasi boşiga iş tuşmagunça, musibat bilan qarama-qarşi bölmagunça barçasiga özi qodir, deb öylab yuradi. Heç qanday nasihat va maslahat unga kor qilmaydi. Ammo ruhiy va jismoniy qiynalib qolgaç, alal-oqibat baribir Allohga yuzlanadi. Holbuki Yaratgan Egasi bu muammolarning oldini oliş uçun köplab oson yöllarni körsatib qöygan. Buning uçun özni hurmat qilib, qölga kitob olib, “qani bobolar nima degan, olimlar nima degan, hayotiy misollarda nima deyilgan”, deb ma'rifati, ma'naviyatini oşirişi kerak böladi. Ammo bandasi baribir qiyinini tanlaydi. Şu bilan nafaqat özini, balki yon-atrofdagi özgalarni ham azobga qöyadi.

Sarvar Anvar öğli,
Kun.uz jurnalisti.