Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uch hududda 1,2 ming tonnadan ortiq ko‘mir talon-toroj qilingani aniqlandi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Navoiy viloyatlarida imtiyozli narxlarda sotish uchun ajratilgan ko‘mirni talon-toroj qilish holatlari aniqlandi.
Foto: Prokuratura departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi departament xabariga ko‘ra, mahkamaning Urganch tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Ko‘mir ta’minot” MChJning Urganch ko‘mir ombori mudiri M.N. va boshqalar aholiga imtiyozli narxda ko‘mir yetkazib berilgani to‘g‘risida soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, 678,5 tonna ko‘mirni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.
Departamentning Nukus shahri, To‘rtko‘l, Amudaryo va Qo‘ng‘irot tumanlari bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda esa “Ko‘mir ta’minot” MChJning yuqoridagi shahar va tuman omborxonasi mas’ul shaxslari aholiga imtiyozli narxlarda sotish uchun ajratilgan jami 435,5 tonna ko‘mirni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani ma’lum bo‘lgan.
Shu kabi, departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Ko‘mir ta’minot” MChJning Qiziltepa ko‘mir ombori mas’ul shaxslari 156,3 tonna ko‘mirni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
15:23 / 27.12.2025
Yoqutistonda isitish uchun ko‘mir tugab bormoqda
12:56 / 26.12.2025
Toshkent atrofida filtrsiz ko‘mir qozonxonalariga chek qo‘yiladi
08:27 / 25.12.2025
Namanganda ko‘mir ombori rahbari lavozimiga tayinlash uchun 40 ming talab qilgan shaxslar ushlandi
18:43 / 25.11.2025