Yoqutistonning bir qator tumanlari (uluslari)dagi qozonxonalarda binolarni isitiş uçun kömir zaxiralari deyarli qolmagan. Respublika kommunal xöjaligi va energetika vaziri Vyaçeslav Yemelyanov payşanba kuni, 25 dekabrda bölib ötgan brifingda ma’lum qilişiça, gap olti tuman haqida ketmoqda: bu yerlarda yoqilği zaxiralari kamayib borayotgan bölsa-da, ularni töldirişning iloji bölmayapti. Bu haqda “Lyudi Baykala” naşrining “LB Potok” yangilik loyihasi xabar beradi.
Yoqutiston vazirining sözlariga köra, qişloq va posyolkalarni isitib beradigan kompaniyalarda qarzlar töplanib qolgan — ularda kömir razrezlariga va taşuvçilarga öz vaqtida tölaş uçun mablağ yetmayapti. Qarzlarni yopiş va yoqilği yetkazib berişni qayta tiklaş uçun mahalliy hokimiyat Moliya vazirligidan subsidiyalar tuşişini kutmoqda.
Pul yetişmasligi tufayli butun Yoqutiston böylab isitişda muammolar yuzaga kelgani haqida sentabrning birinçi yarmida — birinçi qor yoğganidan keyin ham xabar qilingan edi. Respublikada yarim yil yakunlari böyiça budjet taqçilligi 24,4 mlrd rublni taşkil etgan. Mansabdorlar kommunal xizmatlar narxlarini oşirgan va mahalliy aholini elektr, issiqlik, suv va gazni tejaşga çaqirgan.
2024 yil yakunlariga köra, Saxa Respublikasi (Yoqutiston)dagi kömir korxonalari 49 mln tonna kömir qazib olgan, natijada hudud ilk bor Rossiyada uşbu yoqilğini qazib oliş hajmi böyiça ikkinçi öringa çiqqan. 2025 yil dekabr örtasida Yoqutiston sanoat va geologiya vaziri Maksim Tereşçenko respublika hukumati yil yakunlarigaça rekord darajada — 50 mln tonna kömir qazib olişga umid qilayotganini aytgan.
RF Energetika vazirligi Kömir sanoati departamenti direktori vazifasini bajaruvçi Dmitriy Lopatin noyabr oyida Rossiyada kömir tarmoği korxonalarining 74 foizi zarar bilan işlayotganini tan olgan.








