Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
7 ta shahar, 21 ta ma’ruzachi va 45 soat foydali kontent: IT Roadshow yil yakunini sarhisob qildi
Foto: IT Roadshow
Birinchi IT Roadshow — bu mamlakatning 19 shahrida o‘tkaziladigan yetakchi IT-mutaxassislarining ma’ruzalari, master klasslari va seminarlaridir. 2024 yilda IT Roadshow jamoasi 7 ta shaharda bo‘lib, 1000 dan ortiq yosh mutaxassislar, maktab o‘quvchilari va talabalar uchrashuvlarda ishtirok etishdi.
Uchrashuvlar shu kungacha Toshkent, Olmaliq, Guliston, Farg‘ona, Qo‘qon, Namangan, Andijon shaharlarida bo‘lib o‘tdi, milliy va xalqaro kompaniyalarning 21 nafar spikeri IT sohasida karerani qanday boshlash, rezyume tuzish, hamfikrlarni topish va kasbiy o‘sishga yordam beradigan muhit haqida so‘zlab berdi. Barcha IT Roadshow tadbirlari bepul bo‘lib, 3 tilda: o‘zbek, rus va ingliz tillarida o‘tkaziladi. Roadshow IT Community of Uzbekistan, Uzum ekotizimi, UZINFOCOM, School 21, IT Park, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Women in Tech xalqaro assotsiatsiyasi ko‘magida o‘tkazilmoqda. Tashkilotda 100 dan ortiq ko‘ngillilar ishtirok etmoqda.

“Loyihamiz butun mamlakatdagi intiluvchi yoshlarga yordam bermoqda. Quvonarlisi, ular savol berishdan tortinishmaydi, ekspertlarni tinglab va ularning tajribasini o‘rganish uchun qiziqish bilan kelishadi. Har bir spikerimizning bilimi esa oltinga teng. Xususan, hamkorimiz Uzum’dan kelgan spikerlar. Umumiy ishimizga qo‘shayotgan hissasi uchun Uzum ekotizimini qadrlaymiz va minnatdorchilik bildiramiz”, — deya fikr bildirdi Shavkat Karimov.

“IT Community Roadshow'da chiqish qiziqarli bo‘ldi. Ayniqsa, O‘zbekiston IT sohasini rivojlantirishni istaydigan yosh, ammo tajribali va aqlli yigit-qizlarni ko‘rish juda yoqimli. IT Community of Uzbekistan va Uzum tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, o‘z tajribalarimiz bilan o‘rtoqlashish va rivojlanish uchun imkoniyatlar yaratish muhimdir”, — deb ta’kidladi Uzum Bank Payment Mechanics Team Lead lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Feruzbek Rahmonov.
IT Community Roadshow kelgusi yilda ham davom etadi — jamoa yana 12 ta shaharga: Bekobod, Jizzax, Samarqand, Qarshi, Termiz, Denov, Buxoro, Navoiy, Zarafshon, Urganch, Xiva va Nukusga tashrif buyuradi.
Reklama huquqi asosida