Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda 261 mingta kichik korxona faoliyat ko‘rsatmoqda
2018 yil 1 dekabr holatiga respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalarning soni 261,1 mingtani tashkil qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ushbu ko‘rsatkich 2017 yil 1 dekabr holatiga qaraganda 13,6%ga oshgan. Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalarning asosiy qismi, ya'ni 59,6 mingtasi (22,8%) Toshkent shahri, 25,0 mingtasi (9,6%) Toshkent, 23,1 mingtasi (8,8%) Farg‘ona hamda 22,6 mingtasi (8,6%) Andijon viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan jami 261,1 mingta kichik korxona va mikrofirmalarning 69,9 mingtasi (26,8%) – savdo, 55,8 mingtasi (21,4%) - sanoat, 28,6 mingtasi (11,0%) - qurilish, 23,8 mingtasi (9,1%) - qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi, 19,5 mingtasi (7,5%) - yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasi, 13,0 mingtasi (5,0%) - tashish va saqlash, 6,7 mingtasi (2,6%) - axborot va aloqa sohasi, 5,3 mingtasi (2,0%) - sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek 38,3 mingtasi (14,6%) - boshqa faoliyat turlari hissalariga to‘g‘ri keladi.
Shundan ko‘rinib turibdiki, faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalarning asosiy qismi sanoat va savdo faoliyat turlariga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, eng kam ulushi esa sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar hamda axborot va aloqa faoliyat turlariga to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid
14:18 / 02.01.2026
2025 yil yakunlari: 302 ming oila kambag‘allikdan chiqdi
12:39 / 02.01.2026
Tayyor ovqat yetkazib berish bozorida narxlar ko‘tarildi
11:03 / 02.01.2026
Ta’lim sohasida bozor xizmatlari o‘smoqda: hududlar kesimida ko‘rsatkichlar
09:34 / 02.01.2026