Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil davomida O‘zbekistonda jami 82 386 ta yangi kichik korxona va mikrofirma tashkil etilgan.
Hududlar kesimida yangi tashkil etilgan korxonalar soni bo‘yicha Toshkent shahri — 18 450 ta ko‘rsatkich bilan yetakchilik qildi.
Qolgan hududlarda yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar soni quyidagicha:
- Toshkent viloyati – 8 556 ta;
- Xorazm viloyati – 7 277 ta;
- Samarqand viloyati – 6 548 ta;
- Farg‘ona viloyati – 6 417 ta;
- Qashqadaryo viloyati – 4 825 ta;
- Surxondaryo viloyati – 4 752 ta;
- Andijon viloyati – 4 638 ta;
- Buxoro viloyati – 4 401 ta;
- Namangan viloyati – 4 278 ta;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 3 602 ta;
- Jizzax viloyati – 3 586 ta;
- Navoiy viloyati – 2 891 ta;
- Sirdaryo viloyati – 2 165 ta.
Shu tariqa, 2025 yilda yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar soni bo‘yicha Toshkent shahri mamlakatda eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi.






