Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Shavkat Mirziyoyev Javohir Sindorovni mukofotladi
Jahon kubogi sohibi bo‘lgan 19 yashar shaxmatchiga prezident farmoni bilan “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni berildi. Shuningdek, unga Prezident sovg‘asi sifatida 3 xonali xonadon, murabbiylariga esa pul mukofotlari topshiriladi.
Javohir Sindorov Jahon kubogi bilan / Foto: O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan, shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi a’zosi Sindorov Javohir Sanjarbekovichga «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi» faxriy unvoni berildi.
Shaxmat bo‘yicha Jahon kubogi sohibi bo‘lgan Javohir prezident sovg‘asi – 3 xonali xonadon, uning murabbiylari esa pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Farmonda qayd etilishicha, faxriy unvon Sindorovga O‘zbekistonda shaxmat sport turini yanada rivojlantirishga, xalqimiz o‘rtasida ushbu sport turini ommalashtirishga qo‘shayotgan ulkan hissasi; el-yurtimiz oldidagi farzandlik burchiga sodiq qolib, azmu shijoati, yuksak iroda va mahoratini, vatanparvarlik fazilatlarini yaqqol namoyon etgani; jahon miqyosida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, yuqori natijaga erishgani; Yangi O‘zbekistonning obro‘-e’tiborini dunyoga tarannum qilish, yoshlarimizni ona yurtga muhabbat, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ulari ruhida tarbiyalash borasidagi alohida xizmatlari uchun berilgan.
Mavzuga oid
20:20 / 01.02.2026
Nodirbek Abdusattorov Tata Steel Chess turniri chempioni bo‘ldi
22:15 / 21.12.2025
O‘zbekiston yosh shaxmatchilari jahon chempionatida umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi
13:57 / 12.12.2025
Freestyle Chess Grand Slam Tour 2025: Sindorov finalni 4-o‘rin bilan yakunladi
12:25 / 05.12.2025