OTM kirish imtihonlariga hujjat topshirish kimlar uchun bepul bo‘ladi?

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida «Oliy ta'lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi hujjat loyihasida abituriyentlardan test sinovlarida ishtirok etishi uchun eng kam ish haqining bir barobariga teng miqdorida yig‘im undirilishi bildirilgandi.
Davlat test markazi rahbari Majid Karimovning ma'lum qilishicha, joriy yilda maktab, litsey va kollejlarni tamomlovchi yoshlar uchun test sinovlari mutlaqo bepul, hech qanday to‘lovlarsiz o‘tkazilishi tartibi saqlanib qolmoqda.
«Test sinovlarida ishtirok etish uchun yig‘im oldingi o‘quv yillarida ta'lim muassasalarini tugatgan abituriyentlardan undirilishi nazarda tutilgan», – deydi u.
Karimovning ta'kidlashicha, har bir abituriyent, tanlagan OTMning joylashgan hududidan qat'i nazar, o‘z hududidagi Davlat xizmatlari markazi orqali hujjat topshiradi. Bu xizmat uchun 10-20 ming so‘m atrofida to‘lov bo‘lishi mumkin. Oliy ta'lim muassasasiga kirish davlat imtihonlari uchun hujjatlarni elektron yuklash imkoniyati hozircha yo‘q.
«Elektron hujjat topshirish imkonini beradigan Universities.uz hali ishga tushmagan va bu platforma taklif sifatida ko‘rib chiqilmoqda», – deb qo‘shimcha qiladi DTM rahbari.
DTM direktor o‘rinbosari Qahramon Haqberdiyev bergan ma'lumotga ko‘ra, davlat xizmatlari markazlari hujjatlar qabulining ishonchliligi, muhofazalanganligini kafolatlaydi.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tailandda Sibir kuydirgisidan birinchi o‘lim holati qayd etildi
Jahon | 23:57 / 02.05.2025
-
Balida blekaut yuzaga keldi
Jahon | 23:18 / 02.05.2025
-
2 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:47 / 02.05.2025
-
Saida Mirziyoyeva AQSh Mustaqilligi kuni munosabati bilan tashkil etilgan qabulda ishtirok etdi
O‘zbekiston | 22:25 / 02.05.2025
Mavzuga oid

18:02 / 17.04.2024
Xususiy oliy ta’lim: tijoriy manfaat va sifatli ta’lim muvozanati qanday topiladi?

15:10 / 07.12.2023
Avval test ishlab, keyin qayerda o‘qish tanlanadi – 2024 yildan abituriyentlar qabuli o‘zgaradi

15:07 / 03.11.2023
Umumta’lim fanlaridan o‘qishga tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi

15:01 / 21.09.2023