Bo‘zatovdagi maktab filiali yangidan quriladigan bo‘ldi
Qoraqalpog‘istonning Bo‘zatov tumanida joylashgan 11-maktab filiali qayta quriladi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qildi.
Kecha, 23 iyul kuni Bo‘zatov tumanida joylashgan 11-maktab filiali ta'mirtalab ahvolga kelib qolgani, u qulash arafasida turgani haqida xabar berilgandi. Shundan keyin, Bo‘zatov tumani hokimligi ta'lim muassasasi holati yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi.
Ma'lum qilinishicha, 11-maktab filiali “Aspantay” OFYdagi Xiva ovulida joylashgan. U yerda 15 ta xonadon istiqomat qiladi. Tilga olingan maktab filiali imoratining fundamenti 1990 yilda hashar yo‘li bilan qamishdan qurilgan. Asosiy maktab imorati ushbu filialdan 11 km uzoqlikda joylashgan.
Maqtab filialida 2020 yilda kichik ta'mirlash ishlari – imoratning tom qismi o‘rnatilib, bo‘yash ishlari olib borilgan. 2021/2022 o‘quv yiliga mahalliy budjet hisobidan qurilish uchun zarur bo‘lgan bo‘yash mahsulotlari va ohak tarqatilgan. Matbuot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, mahalliy budjet hisobidan maktab filialida 2022 yilda qiymati 500 mln so‘m bo‘lgan qayta qurish, o‘nglash va rekonstruksiya ishlarini olib borish rejalashtirilgan.
Ma'lumot uchun, ushbu maktab filialida faqat boshlang‘ich sinflar o‘qishi mumkin. O‘quvchilar 5-sinfdan markazdagi maktabga qatnashadi. Maktabda bor-yo‘g‘i 4 nafar o‘quvchi ta'lim oladi: 4-sinfda 1 nafar, 3-sinfda 2 nafar, 2-sinfda 1 nafar o‘quvchi bitta sinfda o‘qiydi.
Mavzuga oid
16:27 / 19.09.2023
Bo‘zatovda maktablar oldida emas, tuman bo‘yicha umuman svetofor yo‘qligi ma’lum bo‘ldi
07:22 / 12.09.2022
IIBB 142-maktabda o‘quvchilar tekshirilgani bo‘yicha izoh berdi
16:39 / 08.09.2022
Navoiyda ehtiyojmandlarga ajratilgan yordam pullari “tuya” qilinyapti
14:36 / 07.03.2022