Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qamchiq dovoniga yaqin hududda logistika markazi tashkil etiladi
Namanganning Qamchiq dovoniga yaqin hududida logistika markazini tashkil etish, Nanay qishlog‘i hududidagi sobiq “Karvon” bojxona nazorat maskani faoliyatini tiklash rejalashtirilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev 26 mart kuni Namangan viloyatida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda viloyatning Qamchiq dovoniga yaqin hududida logistika markazini tashkil etish bo‘yicha topshiriq berdi.
Yig‘ilishda Namangan viloyati sanoat mahsuloti va meva-sabzavoti asosan Toshkent va Andijon orqali eksport bo‘layotgani tannarxning o‘sishiga olib kelayotgani qayd etildi.
Shu munosabat bilan mutasaddilarga Namangan xalqaro aeroportidagi bo‘sh maydonda yuk terminalini ishga tushirish, Namanganning Qamchiq dovoniga yaqin hududida logistika markazini tashkil etish, Nanay qishlog‘i hududidagi sobiq “Karvon” bojxona nazorat maskani faoliyatini tiklash topshirildi.
Qirg‘iz tomoni bilan kelishilgan holda “Uchqo‘rg‘on” bojxona postini ishga tushirishni jadallashtirish zarurligi qayd etildi. Chegara posti yaqinida xitoylik hamkorlar bilan “Uchqo‘rg‘on-Kensay” logistika markazini barpo etish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
08:14 / 03.12.2025
“O‘rganishga vaqt va imkoniyat berishdi” - AQShda logistika sohasida ishlayotgan o‘zbek qizi
13:18 / 01.12.2025
O‘zbekiston Bangladesh kompaniyalari uchun tranzit va ishlab chiqarish habi bo‘lishi mumkin
21:10 / 29.11.2025
“Qaroqchilar” furaga hujum qildi
20:20 / 15.11.2025