Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Nyu-York shahrida bo‘ladi
O‘zbekiston prezidenti 20-24 sentabr kunlari BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida ishtirok etadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi tadbirlarida ishtirok etish uchun 20-24 sentabr kunlari amaliy tashrif bilan Nyu-York shahrida bo‘ladi.
Davlat rahbari BMT Bosh Assambleyasi yalpi sessiyasi umumiy munozaralarining birinchi kunida nutq so‘zlaydi.
Bosh Assambleyaning bu yilgi yubiley sessiyasida global xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, BMT tizimi va xalqaro moliya arxitekturasini isloh qilish, iqlim o‘zgarishi oqibatlari va boshqa zamonaviy xatarlarga qarshi kurashishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.
Sammit doirasida O‘zbekiston yetakchisi BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro moliyaviy institutlar rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazadi.
Tashrif dasturining ishbilarmonlik qismidan AQShning yetakchi kompaniyalari va moliyaviy-investitsiya tuzilmalari ishtirokida uchrashuv va tadbirlar o‘rin olgan. Yangi kelishuv va shartnomalar to‘plami imzolanishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
22:54 / 24.12.2025
Rossiya Ukraina bo‘yicha 20 banddan iborat tinchlik rejasini rad etdi
15:25 / 24.12.2025
1 yanvardan AQSh fuqarolari O‘zbekistonga 30 kunga vizasiz kirishi mumkin bo‘ladi
09:40 / 24.12.2025
AQSh iqtisodiyoti 4,3 foizga o‘sib, prognozlardan oshdi
21:50 / 23.12.2025