Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
30–65 yoshdagi ayollar 2 yilda bir marta birlamchi tekshiruvdan o‘tkaziladi. Onkologik kasallik aniqlangan bemorlarni tashxislash va davolash xarajatlari budjet hisobidan moliyalashtiriladi. Bu haqda prezident qarori qabul qilindi.
Foto: Getty images
22 noyabrda “Ayollar orasida onkologik kasalliklarni nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inida 30–65 yoshdagi ayollarning elektron bazasi (ro‘yxati) shakllantiriladi, ularni tibbiy ko‘rikka taklif qilish tizimi yaratiladi.
Ma’lum qilinishicha, har yili 30–50 yoshdagi ayollarda bachadon bo‘yni saratoni skriningi odam papillomasi virusini polimeraza zanjirli reaksiya tekshiruvi usuli orqali aniqlash hamda suyuqlik sitologiyasi usulida tekshirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Shuningdek, 30–65 yoshdagi ayollar har 2 yilda bir marotaba tibbiyot xodimlari tomonidan birlamchi saralashdan o‘tkaziladi. Skrining natijasida onkologik kasallikka chalingani aniqlangan bemorlarni tashxislash va davolash bilan bog‘liq xarajatlar budjet hisobidan moliyalashtiriladi.
2025 yil 1 yanvardan boshlab:
– onkonazorat xonalari uchun akusher-ginekolog shifokor hamda mobil va statsionar mammograflar ishini 2 ta smenada tashkil etish uchun rentgen-laborantlar shtatlari joriy etiladi;
– Mammografiya tasvirini o‘qish markazi tashkil etiladi;
– odam papilloma virusi diagnostikasi uchun qo‘llanadigan test tizimlari sifatini nazorat qilish bo‘yicha referens-laboratoriya faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
– bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratoni skriningiga nodavlat tibbiyot tashkilotlari jalb qilinadi.
2025 yil 1 maygacha bachadon bo‘yni saratoni skriningi va ko‘krak bezi saratonini erta aniqlash sifatini baholash va monitoring qilib borish va skrining dasturiga kiritilgan ayollar bilan qayta aloqa qilish tizimi joriy etiladi.
Mavzuga oid
21:30 / 18.03.2026
“Jazoni og‘irlashtirishga ehtiyoj va talabni sezdik” – administratsiya rahbari o‘rinbosari
09:22 / 09.03.2026
Rahbar ayollarning yillik reytingi yangilandi
18:58 / 06.03.2026
Ayollar uyida tadbirkorlik qilishi uchun “Daromadli ayol” dasturi yo‘lga qo‘yiladi
20:31 / 10.02.2026