Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ijtimoiy tarmoqlar ayollarning o‘z-o‘zini baholashini pasaytiradi: tadqiqot natijalari
Instagram, TikTok kabi ijtimoiy tarmoqlar nafaqat muloqot va axborot almashish uchun, balki o‘zini boshqalar bilan qiyoslash maydoniga aylandi. Xalqaro tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, ijtimoiy tarmoqlarda vaqtni to‘g‘ri taqsimlamaslik ayollar ruhiy salomatligida muhim ahamiyatga ega.
So‘nggi o‘n yillikda ijtimoiy tarmoqlar inson hayotining ajralmas qismiga aylandi. Instagram, TikTok, Facebook va boshqa platformalar nafaqat axborot almashish, balki o‘zini namoyon qilish, boshqalar bilan qiyoslash va baholash makoniga ham aylandi. Xalqaro tadqiqotlar esa bu jarayon insonning o‘z-o‘zini baholashiga jiddiy ta’sir qilayotganini ko‘rsatmoqda.
Solishtirish effekti: muammo markazida nima bor?
Psixologiyada “ijtimoiy solishtirish” degan tushuncha bor. Inson o‘zini boshqalar bilan qiyoslab, kim ekanini chuqurroq anglaydi. Ijtimoiy tarmoqlar esa bu solishtirishni doimiy va kuchaytirilgan holatga olib chiqdi. Vizual kontentga asoslangan platformalarda (ayniqsa Instagram va TikTok) faol bo‘lgan odamlar o‘z hayotini boshqalarning “ideallashtirilgan” hayoti bilan qiyoslashga moyil bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida o‘z-o‘zini baholashning pasayishiga olib keladi.
2020 yilda Journal of Social and Clinical Psychology jurnalida e’lon qilingan tadqiqotda shunday xulosa berilgan: ijtimoiy tarmoqlarda vaqtini ko‘p o‘tkazadigan foydalanuvchilarda depressiya va o‘z-o‘zini past baholash ko‘rsatkichlari yuqoriroq. Ayniqsa yosh ayollar orasida tashqi ko‘rinish, hayot tarzi va o‘zidan muvaffaqiyatli odamlarni ko‘rish yoki shu mazmundagi kontentlar kuchli psixologik bosim keltirib chiqarayotgani aytiladi.
Xorijiy tahlilchilarning fikricha, ijtimoiy tarmoqlar inson qadr-qimmatini raqamlar orqali baholashga o‘rgatmoqda: layklar, ko‘rishlar, obunachilar soniga qarab. Chunki inson miyasi ijtimoiy tarmoqlarda olingan layklarni qisqa muddatli mukofot sifatida qabul qiladi. Ammo bu mukofotga bog‘lanish uzoq muddatda o‘z-o‘zini ichki qadrlash emas, tashqi tasdiqqa bog‘lab qo‘yadi.
Albatta, bugungi kunda ijtimoiy sahifalaridan foydalanmaydigan aholi qatlami juda kam. Ijtimoiy tarmoqlar tajriba almashish, insonlar bilan muloqot, o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni his qilish kabi funksiyalarni ham bajaradi. Ayrim hollarda insonning o‘zini yolg‘iz his qilmasligiga, o‘z-o‘zini qabul qilishini yaxshilashga yordam berishi mumkin. Muhimi – ulardan to‘g‘ri foydalanishni bilish kerak.
Ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish uchun
Xorijiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, ijtimoiy tarmoqlarda qancha vaqt o‘tkazish emas, balki qanday foydalanish va kim bilan aloqada bo‘lish muhim. Journal of Social and Clinical Psychology va Harvard Business Review tadqiqotlari shu yo‘nalishda quyidagi maslahatlarni taklif qiladi:
- Vaqtni cheklash. Bir kunda ijtimoiy tarmoqlar uchun 60 daqiqa sarflang.
- Begona kontentni ko‘rmaslik kerak.
- Real hayotdagi do‘stlar bilan muloqotni oshirish kerak, bu psixologik salomatlikka ijobiy ta’sir qiladi.
- Kimlarni kuzatayotganingiz juda muhim. Faqat boshqalarning “ideal hayoti”ni kuzatish o‘z-o‘zini baholashga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlar – axborot, muloqot va ijodiy foyda uchun qulay vosita. Ammo ularning psixologik ta’sirini minimallashtirish uchun vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, begona kontentni kamaytirish va faol ijtimoiy aloqalarni afzal ko‘rish kerak.
Mavzuga oid
09:31 / 16.05.2026
O‘zbekistonda ayollarga nisbatan erkaklar soni ko‘proq - statistika
18:10 / 08.05.2026
Hayot evaziga hayot: urush Ukrainada ayollar tanasini bozorga aylantirdi
16:11 / 02.05.2026
“Tasalli beruvchi ayollar” maskani - yapon harbiylari qancha qiz-ayolni jinsiy qullikka mahkum etgandi?
21:30 / 18.03.2026