Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh maxsus vakili O‘zbekistonga keladi
Kun tartibidan muhim minerallar va energetika sohasidagi savdo-sotiq, investitsiyalar va S5+1 formatidagi hamkorlik masalalari o‘rin olgan.
Foto: Prezident matbuot xizmati
AQShning Markaziy va Janubiy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor hamda davlat kotibi o‘rinbosari Kristofer Landau Qozog‘iston va O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
Davlat departamentining ma’lum qilishicha, delegatsiya har ikki mamlakatda hukumat vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, qator ustuvor yo‘nalishlarda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqadi. Kun tartibiga iqtisodiy aloqalar, mintaqaviy xavsizlik va o‘zaro manfaatli sheriklik masalalari kiritilgan.
AQShning Toshkentdagi elchixonasiga ko‘ra, tashrifda muhim minerallar va energetika sohasidagi savdo-sotiq hamda sarmoyalar, shuningdek, S5+1 formatidagi mintaqaviy hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.
“Amerika Qo‘shma Shtatlari va O‘zbekistonni istiqbolli imkoniyatlar kutmoqda!” – deya qayd etgan elchixona.
Har ikki manbada ham safar sanasiga aniqlik kiritilmagan.
Avvalroq ikki kongressmen Trampga xat yo‘llab, Markaziy Osiyo davlatlari ishtirokida sammit o‘tkazishga chaqirgan edi. Kongress a’zolari Sidni Kamlager-Dav va Bill Hyuizenganing fikricha, C5+1 formatidagi sammit AQShga Markaziy Osiyo bilan hamkorlikni mustahkamlash va mintaqadagi o‘z strategik manfaatlarini (xavfsizlik, iqtisodiyot, “yumshoq kuch” va boshqaruv sohalarida) ilgari surish imkonini beradi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev sentabr oyida BMT Bosh assambleyasi sessiyasida qatnashish uchun Nyu Yorkda bo‘lgan va prezident Donald Tramp bilan uchrashgan edi. Ushbu tashrif davomida elchi Serjio Gor (u Toshkentda tug‘ilgan) O‘zbekiston yetakchisining qabulida bo‘lgan, ularning huzurida O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida qator ikki tomonlama hujjatlar imzolangan edi.
Undan oldin, joriy yil aprel oyida O‘zbekiston va AQSh kompaniyalari foydali qazilmalar bo‘yicha kelishuvlarga erishgandi.
Mavzuga oid
09:40
NYT OAV uchun joriy etilgan cheklovlar sabab Pentagonni sudga berdi
09:00
NATO Shimoliy Yevropa mudofaasi bo‘yicha shtabni AQShga ko‘chiradi
08:40
Mers AQShga Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini berishga qarshi chiqdi
07:38