Toshkent metrosida pensionerlarga bepul xizmat ko‘rsatiladi
Toshkent metrosining to‘liq faoliyat ko‘rsatish vaqti davomida pensionerlarga bepul xizmat ko‘rsatiladi.
2023 yil 1 apreldan boshlab Toshkent metropolitenining to‘liq faoliyat ko‘rsatishi vaqti davomida pensiya oluvchilarga bepul xizmat ko‘rsatiladi. Bu haqda prezidentning 15 mart kuni tegishli qarori qabul qilindi.
Bunda, Toshkent metropolitenining mazkur bandda ko‘rsatilgan xizmatlarni ko‘rsatish evaziga olinmay qolgan daromadlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab boriladi.
Ma’lumot uchun, 2017 yilning mart oyi boshidan Toshkent metropolitenida harakatlanish pensionerlar uchun soat 10:00 dan soat 16:00 gacha bepul bo‘lgan. Yangilik 15 martdan joriy etilgandi.
Metropoliten operatoriga pensionerlik guvohnomasini ko‘rsatgan yo‘lovchilarga maxsus (bepul), rangi qizil jyeton beriladi va ular alohida ajratilgan turniketdan o‘tishi mumkin bo‘ladi.
O‘shanda bu yangilik tufayli metropoliten ko‘radigan zarar davlat budjeti hisobidan qoplanishi aytilgan.
Mavzuga oid
08:18 / 26.04.2024
O‘zbekistonda ishlayotgan pensionerlar soni ma’lum qilindi
20:09 / 07.01.2024
Toshkentda metro poyezdi texnik nosozlik sababli to‘xtab qoldi
19:24 / 05.01.2024
Senatda yerusti metrosi eskalatorlari ishdan chiqqani tanqid qilindi
10:47 / 02.01.2024