Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston yo‘llaridagi barcha radar va kameralar yil oxirigacha to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi
Belgilangan tartibga rioya etmagan holda (masalan, simyog‘ochga, yoritish uskunalariga yoki binolarga) o‘rnatilgan, texnik talablarga javob bermaydiganlari olib tashlanadi. Radar o‘rnatgan tadbirkorlar o‘z huquqlarini suiiste’mol qilmasligi, shaxsga oid ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlashi bo‘yicha choralar ko‘riladi. Ayrim joylarda avtomobillar tezligini ko‘rsatib turuvchi tablolar o‘rnatiladi.
Foto: Kun.uz
Vazirlar Mahkamasi yo‘l harakati sohasiga doir qaror qabul qildi.
Prezident matbuot xizmatiga ko‘ra, qarorga muvofiq:
- IIV tomonidan 2025 yil yakuniga qadar chorraha va yo‘llardagi barcha maxsus texnika vositalari to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi;
- xatlov natijalari bo‘yicha o‘zboshimchalik bilan yoki belgilangan tartibga rioya etmagan holda o‘rnatilgan, texnik va standart talablariga javob bermaydigan texnika vositalari demontaj qilinadi;
- haydovchilar tomonidan tezlikni oshirish holatlari ko‘plab kuzatilayotgan hududlarda avtomashinalarning ayni vaqtdagi tezligini ko‘rsatib ogohlantiruvchi elektron tablolar o‘rnatiladi;
- tadbirkorlarning maxsus texnika vositalaridan foydalanishda shaxsga doir ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash, suiiste’molchiliklarning oldini olish choralari ko‘riladi.
Mavzuga oid
19:50 / 12.01.2026
Farg‘onada “prava”siz ayol uch odamni urib yubordi, bir kishi to‘shakka mixlandi: jabrlanuvchilar sud hukmidan norozi
11:57 / 09.01.2026
Toshkentda taksichilardan pul undirgan guruh qo‘lga olindi
19:11 / 16.12.2025
Yandex Go haydovchilarining boykotga chorlovlari muvaffaqiyatsiz bo‘ldi
12:56 / 01.12.2025