Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bektemir–Chorbog‘ yo‘lidagi janjal: yuk mashinasi haydovchisiga otvyortka bilan tahdid qilindi
30 noyabr kuni Bektemir–Chorbog‘ avtomobil yo‘lida Cobalt va yuk mashinasi haydovchilari o‘rtasida yo‘l talashish ortidan janjal kelib chiqdi. Cobalt haydovchisi yuk mashinasi haydovchisiga otvyortka bilan tahdid qilgani uchun ushlandi.
Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Bo‘stonliq yo‘lida haydovchilar o‘rtasida janjal” aks etgan video yozuv bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi.
Ma’lumotga ko‘ra, mazkur holat 30 noyabr kuni soat 14:00 lar atrofida Bektemir–Chorbog‘ avtomobil yo‘lida qayd etilgan. Yo‘lda harakatlanib ketayotgan Cobalt va yuk mashinasi haydovchilari o‘zaro yo‘l talashib, tortishuv oqibatida janjallashib qolgan.
Janjal jarayonida Cobalt haydovchisi, 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro F.M. o‘z avtomobilda bo‘lgan otvyortka bilan yuk mashinasi haydovchisini qo‘rqitib, unga nisbatan tahdid qilgan.
Shu vaqtning o‘zida voqea joyiga hududiy profilaktika inspektori va IIB xodimlari yetib borib, janjalni bartaraf etgan hamda 33 yoshli fuqaro F.M.ni ushlagan.
Holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi bilan (mayda bezorilik) tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan. Ma’lumotga ko‘ra, 1 dekabr kuni to‘plangan materiallar qonuniy qaror qabul qilish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘stonliq tumani sudiga yuboriladi.
Rasmiy organlar jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligiga qarshi qaratilgan har qanday harakat uchun qonun oldida jazo muqarrar ekanini eslatgan.
Mavzuga oid
19:50 / 12.01.2026
Farg‘onada “prava”siz ayol uch odamni urib yubordi, bir kishi to‘shakka mixlandi: jabrlanuvchilar sud hukmidan norozi
12:05 / 10.01.2026
Buxoroda bir guruh voyaga yetmaganlar ishtirokidagi janjal holati o‘rganilmoqda
11:57 / 09.01.2026
Toshkentda taksichilardan pul undirgan guruh qo‘lga olindi
10:54 / 18.12.2025