Jahon | 22:20 / 04.06.2019
19420
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada mevasi dunyoda eng katta bo‘lgan olcha navi olindi

Yaponiyalik seleksionerlar mevasi dunyoda eng katta bo‘lgan yangi navdagi olchani olishdi. Olchaning o‘lchami diametrida 3 santimetrgacha yetadi. 

“Yamagataning qizil qiroli” deb nom olgan nav Yamagata prefekturasida yetishtirilgan. Ta'kidlanishicha, bu navni yaratishdan maqsad katta o‘lchamdagi olcha mevasini olishdan iborat bo‘lgan, chunki Yaponiyada aynan shunday katta o‘lchamli olchalar ommalashgan.

Yangi olchaning taxminan uch yildan keyin xorijga, jumladan Xitoy va Janubiy Koreyaga eksport qilinishi kutilmoqda. 

Mavzuga oid