Yaponiya boş vaziri Sanae Takaiçi 8 fevral kuni muddatidan oldin parlament saylovlari ötkazilişini e’lon qildi. Şu maqsadda 23 yanvar kuni parlamentning quyi palatasi tarqatib yuboriladi, deya duşanba, 19 yanvar kuni Tokioda 64 yoşli hukumat rahbari ma’lum qildi. Takaiçi hokimiyatga kelganiga endigina uç oy bölgan.

Şu tariqa Yaponiya milliy-konservatorlari yetakçisi özining juda yuqori reytingiga tayanib, koalitsiyasi tarkibidagi Liberal-demokratik partiya (LDP) va konservativ-neoliberal «Yaponiyani yangilaş jamiyati» partiyasiga tegişli parlament köpçiligini oşirişga umid qilmoqda. Yapon OAV ma’lumotlariga köra, hozir saylovçilarning 70 foizdan ortiği Takaiçi partiyasini qöllab-quvvatlamoqda.

Bundan taşqari, hukumat rahbari budjet xarajatlarini köpaytiriş va soliqlarni kamaytiriş hisobiga iqtisodiy ösişni ta’minlaş rejalari, şuningdek, Yaponiyaning yangi mudofaa strategiyasi böyiça masalalarni amalga oşirişda saylovçilar qöllab-quvvatlovini mustahkamlaşni maqsad qilgan. «Bu saylovlarga men boş vazir sifatida siyosiy kelajagimni tikyapman. Men jamoatçilik mamlakatni boşqarişni menga işonib topşiradimi-yöqmi — bevosita hal qilişini istayman», — dedi u.

Sanae Takaiçi oktyabr oxirida Yaponiya hukumati rahbari lavozimiga kelgan ilk ayol kişi böldi. Şuningdek, u sönggi beş yil içida Yaponiyaning törtinçi boş vaziriga aylandi.

1955 yildan beri Yaponiyada deyarli uzluksiz hokimiyatda bölib kelgan Liberal-demokratik partiya (LDP) oxirgi paytlardagi mojarolar fonida parlamentning har ikki palatasida ham köpçilikni yöqotgan. Oktyabr oxirida esa LDPning 26 yil davomidagi koalitsion şerigi bölgan öng markazçi «Komeyto» partiyasi Takaiçining partiyalarni moliyalaştiriş va xavfsizlik siyosati böyiça qat’iy pozitsiyasi sabab koalitsiyadan çiqib ketgan.