Toshkentda ushlangan jinoiy guruh a’zolariga sud hukmi o‘qildi
Jinoiy guruhning 3 nafar a’zosiga 4 yildan 10 yilgacha muddatni nazarda tutuvchi qamoq jazosi tayinlandi.
Toshkent shahar IIBB va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda poytaxt hududida kriminogen vaziyatni yaxshilash yuzasidan o‘tkazilgan tadbirlar davomida ushlangan jinoiy guruh a’zolariga sud hukmi o‘qildi.
Jumladan, Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudining 19 aprel kunidagi hukmiga ko‘ra, 1972 yilda tug‘ilgan Umarov Lutfilla Rixsillayevich Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi bilan aybli deb topildi. Sud tomonidan unga nisbatan 6 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tumani sudining 16 may kunidagi hukmiga ko‘ra, 1954 yilda tug‘ilgan Ibodov Niyoz Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan aybli deb topildi. Sud tomonidan unga Jinoyat kodeksining 57-moddasi qo‘llanib, 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Shuningdek, 1969 yilda tug‘ilgan Sultanov Baxodir Kasimovich Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan aybli deb topildi. Sud tomonidan unga 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jinoyat kodeksining 34-moddasiga asosan o‘ta xavfli retsidivist deb topildi.
Mavzuga oid
23:13 / 19.10.2024
Turkiyada 21 nafar chaqaloq shifokorlarning jinoiy guruhi qurboni bo‘ldi
16:26 / 03.08.2024
Toshkentda onlayn qimor o‘tkazib kelgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
16:20 / 05.06.2024
19 yoshida 18 yillik qamoq – Qoraqalpog‘istonda bosqinchilik va qotillik qilgan yigitga hukm o‘qildi
13:43 / 11.05.2024