Toşkent şahrida haydovçilik guvohnomasi olib berişni va’da qilib, odamlarni çuv tuşirib kelgan jinoiy guruh a’zolari uşlandi. Guruhga Toşkent şahrida vaqtinça röyxatda turib, IT kompaniyasida işlab kelgan ikki nafar buxorolik yigit boşçilik qilgan.
Ma’lum qilinişiça, ular 2022 yilning örtalarida soxta haydovçilik guvohnomasini tayyorlab sotiş bilan boğliq jinoiy reja işlab çiqişgan. Bu reja öqimasdan, nazariy va amaliy imtihonlarni topşirmasdan haydovçilik guvohnomasini olmoqçi bölganlarni çuv tuşirişga asoslangan edi.
Şu tariqa yigitlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli kanal va guruhlarda muayyan haq evaziga haydovçilik guvohnomasi sotilişi töğrisida e’lon berişgan. Har bir kategoriyaning öz narxi bor edi: “a”, “b” yoki “s” kategoriyaga ega haydovçilik guvohnomasi oliş istagida bölganlar 3,5 mln söm, “D” va “E” kategoriyali guvohnomaga ega bölişni istaganlar 4 mln söm, ham “D”, ham “E” kategoriyali haydovçilik guvohnomasini olmoqçi bölganlar 5,5 mln söm tölaşlari kerak edi.
Yigitlar odamlarning işonçiga kiriş maqsadida ularga özlarini içki işlar organlari xodimlari sifatida taniştirgan. Söngra ijtimoiy tarmoqlar orqali notaniş fuqaro bilan boğlanib, uning bank plastik kartasini sotib olişgan. Negaki, ular mabodo qilmişlari oşkor bölib qolsa, huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari avvalo plastik karta egasini osongina topib olişlari mumkinligini yaxşi bilişgan.
Öqimasdan “prava” sotib olişni xomxayol qilganlar esa uşbu plastik kartaga pul ötkazganlar. Ammo haydovçilik guvohnomasini heç kim qöliga ololmasdi. Bunday qalloblikning sirini uzoq yaşirişning iloji yöqligini tuşungan guruh a’zolari yangidan yangi nayranglarni öylab topaverişgan. Jumladan, dastlab buyurtmaçilarga fotoşop dasturi orqali tayyorlangan qalbaki haydovçilik guvohnomasining suratlari namoyiş qilingan. Bu nayrang iş bermay qolgaç Rossiyada yaşovçi fuqaro bilan ijtimoiy tarmoq orqali boğlanib, muayyan şaxsga tegişli haydovçilik guvohnomasining uskunadan çiqiş jarayoni aks etgan video tasvirlarni sotib olişgan. Mazkur tasvirlarning har biri uçun 5-10 AQŞ dollari tölangan.
Bundan taşqari, qonuniy yöl bilan haydovçilik guvohnomasi olgan bir qança şaxslar bilan boğlanib, ularning har biriga 1,5 mln sömdan haq tölagan holda “Mana, men “pravam”ni oldim, işonaveringlar”, degan mazmundagi fotoreklamalar tayyorlaşga erişganlar. Bu esa sodda insonlarning şubhasini tarqatişga xizmat qilgan.
Yigitlar jinoiy şeriklari yoki “prava” sotib olişni istaganlarning birortasi bilan yuzma-yuz bölişmagan. Onlayn muloqot çoğida ham ularning qiyofasini heç kim körmagan. Ular şu yöl bilan qölga tuşmasliklariga işonişgan.
















