Qoraqalpoğiston Respublikasining Qoraözak tumanida 19 yoşli yigitga sud hukmi öqildi. U firibgarlik, bosqinçilik va qotillik jinoyatlarini sodir qilganlikda aybli deb topilgan.
Sud hujjatida keltirilişiça, 2005 yilda tuğilgan yigit biror bir foydali mehnat bilan şuğullanmasdan, noqonuniy boylik orttirişni maqsad qilgan. U 2023 yilning 21 oktyabr kuni Nukus şahrida ijarada turadigan talaba tanişining uyiga borib, öşa yerda yaşovçi yigitning noutbugini har kuni 80 ming söm berib turişiga işontirgan holda olib ketgan. Söngra noutbukni 1,5 mln sömga sotib, pulini öz ehtiyojlariga işlatib yuborgan.
Şuningdek, yigit 2023 yil 29 noyabr kuni soat 19:30larda Qoraözak tumanida özi bilan bir köçada yolğiz yaşovçi, bozorda savdo qiluvçi 56 yoşli ayolning uyiga öğirlikka tuşgan. Ya’ni ayol uxlab yotgan xonaga kirib, uning yonida turgan, içida puli bölgan sumkani öğirlamoqçi bölgan. Biroq kutilmaganda ayol uyğonib qolib, yigitga qarşilik körsata boşlagan. Şunda yigit özi bilan olib kelgan yoğoç bölagi bilan ayolning boş qismidan bir neça marotaba urib, uni qasddan öldirgan. Söngra içida 12 mln 313 ming söm puli bölgan sumkani olib çiqib ketgan.
Qotil jinoyat quroli hisoblangan yoğoç bölagini uy yonidagi ariqqa taşlab, pulning taxminan 10 mln sömga yaqinini ham şu atrofdagi yer maydoniga yaşirib ketgan. “Ovi” baroridan kelgan yigit töğri tanişining oldiga borib, u bilan Nukus şahriga ketadi va kafelarga kirib, pulning bir qismini kayfu safoga sarflab yuboradi.
2024 yilning 8 may kuni jinoyat işlari böyiça Qoraözak tuman sudida yigitga nisbatan sud hukmi öqildi. Sud majlisida sudlanuvçi aslida ayolni öldiriş niyati bölmaganligini aytib, öziga yengillik berişni söragan. Uning qilmişi rad qilib bölmas dalillar va guvohlarning körsatmalari bilan öz tasdiğini topgan.
Sud hukmi bilan yigit Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik, ya’ni aldaş yoki işonçni suiiste’mol qiliş yöli bilan özganing mulkini yoki özganing mulkiga bölgan huquqni qölga kiritiş), 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (uy-joyga, omborxona yoki boşqa binolarga ğayriqonuniy ravişda kirgan holda bosqinçilik qiliş) hamda 97-moddasi 2-qismi “i” bandida (tamagirlik niyatida qasddan odam öldiriş) körsatilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topilgan. Unga nisbatan 18 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.







