O‘zbekiston | 18:41 / 31.08.2025
5076
2 daqiqa o‘qiladi

Tyanszinda ShHT tadbirlari boshlandi

31 avgust kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Tyanszin shahridagi "Meytszyan" kongress markazida Shanhay hamkorlik tashkiloti sammitining norasmiy tadbirlarida ishtirok etdi.

Tadbirlarda XXR raisi Si Jinping, RF prezidenti Vladimir Putin, belaruslik Aleksandr Lukashenko, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi, Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif, Eron prezidenti Mas’ud Pizishkiyon, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux, shuningdek Misr, Kambodja, Nepal, Armaniston hukumatlari rahbarlari hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterrish ham qatnashdi.

O‘zbekiston rahbari va rafiqasini Xitoy raisi Si Jinping va rafiqasi samimiy kutib oldi.

Shundan so‘ng xorijiy yetakchilarga Shanhay hamkorlik tashkilotining Tyanszin sammitiga bag‘ishlangan konsert dasturi namoyish etildi.