Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoda o‘rmonlar qisqarmoqda: 2025 yilgi dinamika
O‘rmonlar Yer quruqligining deyarli uchdan bir qismini egallaydi. Infografikada 2025 yilda dunyo mamlakatlarida o‘rmon maydoni qanday o‘zgargani ko‘rsatilgan. O‘rmon maydonidagi o‘zgarish o‘rmonlarni kengaytirish (ko‘paytirish) bilan kesish (yo‘q qilish) o‘rtasidagi farq sifatida hisoblanadi.
Foto: AP
O‘rmonlar tuproqni eroziyadan himoya qiladi, ko‘plab hayvon turlari uchun yashash muhitini yaratadi va sayyora iqlimiga ta’sir ko‘rsatadi. Har yili butun dunyo bo‘ylab millionlab gektar o‘rmon yo‘q qilinadi. Ayrim mamlakatlar yo‘qotishlarini o‘rmon maydonlarini qayta tiklash orqali qoplashga harakat qiladi.

Bir yil ichida eng ko‘p o‘rmon maydonini yo‘qotgan mamlakat — Braziliya: 3,26 million gektar. Shuningdek, eng katta yo‘qotishlar qayd etilgan mamlakatlar qatorida Angola (510 ming gektar), Tanzaniya (469 ming gektar), Kambodja (309 ming gektar) va Peru (299 ming gektar) bor.
O‘rmonlarni tiklash bo‘yicha yetakchi — Xitoy: bir yilda o‘rmon maydoni 1,6 million gektarga oshgan. Rossiyada 2025 yilda o‘rmon maydonlari taxminan 840 ming gektarga ko‘paygan, Yevropaning 27 ta ittifoqi mamlakatlarida esa — 208 ming gektarga.
2025 yilda dunyo bo‘ylab o‘rmonlarning umumiy maydoni taxminan besh million gektarga qisqargan. Katta yo‘qotishlarga qaramay, 2000 yildan beri vaziyat yaxshilangan. O‘sha paytda sayyoradagi o‘rmon yo‘qotishlari bir yilda 10 million gektarga yetgan edi.
Mavzuga oid
19:53 / 21.05.2025
2024 yilda dunyo bo‘ylab o‘rmonlar rekord darajada yo‘q qilindi
22:01 / 05.06.2020
Tabiat vaqti: eriyotgan muzliklar, kesilayotgan o‘rmonlar
01:03 / 13.09.2018
Ulan-Batordagi iqlim o‘zgarishiga doir haftalikda O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda
18:28 / 31.12.2016