"Közdan uyquni qoçiruvçi 18 dahşatli joy" röyxati 9gag.com köngiloçar sayti tomonidan taqdim etildi. Transilvaniyada joylaşgan Xoyya-Baçu örmoni (Ruminiya bermud uçburçagi deb ham ataladi) röyxatda yetakçilik qildi. 

Ruminiya örmoni butun dunyodagi internet foydalanuvçilarida katta qiziqiş uyğotdi - 20 mingdan ziyod kişi unga "layk" qöygan. Izsiz yöqoluvçi kişilar, özga sayyoraliklar, şuningdek, işdan çiquvçi elektronikaga oid köplab afsonalar aynan şu joy nomi bilan boğliq. 

Şuningdek, Fransiyaning Oradur-syur-Glan qişloği ham röyxatdan joy oldi. Bu qişloq 1944 yilning iyunida 642 aholisi bilan qöşib natsistlar tomonidan yöq qilingan. Hozir u yerning örnini vayronalar egallagan.

Irlandiyaning Lip qasri ham mazkur röyxatga kiritildi. Uning egalari - ÖKerrollar duşmanalarini yaraşişni bahona qilib, tuşlikka taklif qilişgan va ularni öldirişgan. Heç narsadan bexabar mehmonlar zal burçagidagi lyuk orqali zindonga tuşgan. U yerda ötkir qoziqlar bölib, tepadan tuşgan mehmonlar omon qolmasligi aniq edi. Uni çetlab ötganlar esa qolgan jasadlar orasida ölişga mahkum bölgan. 

Reytingdan şuningdek Hindistondagi Yantiga şahri ham örin oldi. U yerda har yilning sentabr-oktabr oylarida yuzlab quşlar öz joniga qasd qiladi. Bundan taşqari, Xitoydagi taşlandiq Disneylend, Tsintsinnatida (AQŞ) oxirgaça qurilmagan metro va Turkmanistondagi "Jahannam darvozalari" nomini olgan gaz krateri ham dunyoning eng qörqinçli joylari sifatida qayd etildi.