Jamiyat | 23:28 / 29.08.2017
10227
2 daqiqa o‘qiladi

Islandiyada otlarni xorijiy nomlar bilan nomlash taqiqlab qo‘yildi

Foto: MIGUEL VIDAL/REUTERS

Islandiyada otlarning rasmiy ro‘yxatini yuritishga mas'ul qo‘mita ot egasi o‘z otini xorijiy nom bilan ro‘yxatdan o‘tkazmoqchi bo‘lgandan so‘ng yangi qaror qabul qildi, deb xabar bermoqda “Bi-bi-si”.  

Islandiyaning ba'zi nashrlari bunday qo‘mitaning mavjudligidan hayrat bildirayotgan bir vaqtda, mahalliy OAV Islandiya otlari uyushmalari xalqaro federatsiyasi (FEIF) yaqinda otlarni rasmiy bazaga kiritish uchun ularning ismlari islandcha bo‘lishi lozimligi haqida yangi qaror qabul qilganini ma'lum qildi.  

Ma'lum qilinishicha, ushbu qaror uch yoshli Mosan nomli biyani ro‘yxatga olishdan bosh tortilgandan so‘ng qabul qilindi. Sababi uning nomi “island grammatikasi qoidalariga” zid kelar ekan. 

Ta'kidlanishicha, bu qoida ot egasi uni sotish yoki ko‘paytirishga mo‘ljallangan ma'lumotlar bazasiga kiritishni istasagina qo‘llanishi mumkin. Boshqa hollarda islandiyaliklar otlarini o‘zlari istagan nom bilan atashlari mumkin.

Mavzuga oid