Islandiya janubi-ğarbidagi Reykyanes yarimorolida joylaşgan Sundhnukur vulqoni yana faollaşdi, deb xabar beradi The Guardian.

Qayd etilişiça, 1 aprel kuni ertalab Sundhnukur kraterida faollik boşlangan. Lava va tutun çiqayotgan yoriq şaharning şimolidagi hududlarga yetib borgan, bu esa ogohlantiruvçi sirenalar işga tuşişiga sabab bölgan. Mahalliy vaqt bilan soat 10:00 ga kelib, yoriqning uzunligi 700 metrga yetgan.

Blue Lagoon kurorti barça turistlar evakuatsiya qilinganini bildirdi. Hozirça u yopiqligiça qolmoqda.

Grindavikda 2023 yil ma’lumotlariga köra, 3,8 ming kişi istiqomat qilgan, ammo vulqon harakatga kelganidan keyin ularning aksariyati köçib ketgan. Qolganlarni esa politsiya evakuatsiya qilişga çaqirgan, çunki vulqon oldingiga nisbatan kuçliroq otilişi mumkin.

Ta’kidlanişiça, Sundhnukur vulqoni 2021 yildan beri 11 marta otilgan. Islandiyada 33 ta faol vulqon tizimlari mavjud. Reykyanes yarimorolida 2021 yil martda, 2022 yil avgustda, 2023 yil iyulda, şuningdek, 2024 yilning yanvar, mart, may, avgust va noyabr oylarida bir neça bor vulqon otilişlari kuzatilgan.

Avvalroq Havayida 2024 yil oxirlarida harakatga kelgan Kilauea vulqonining otilişi davom etayotgani töğrisida xabar berilgandi. Uning yangi faollik fazasi 25 mart kuni boşlangan va ertasi kuniyoq vulqon lavalari 200 metrdan ortiq balandlikka otilgan.