Sport | 09:46 / 18.11.2016
7734
1 daqiqa o‘qiladi

APL o‘yinlarini translyatsiya qilish huquqi rekord darajadagi mablag‘ evaziga sotildi

Angliya premer-ligasi uchrashuvlarni Xitoyda olib ko‘rsatish huquqlarini rekord darajadagi mablag‘ evaziga sotdi.

Associated Press ma'lumotiga ko‘ra, 2017-2018 yilgi mavsumdan boshlab 3 mavsum o‘yinlari translyatsiyasi huquqi 700 mln dollar evaziga sotilgan va bu APL tarixidagi eng yirik kelishuv bo‘ldi. Teletranslyatsiyalarning bahosi har mavsum uchun 233 million dollardan to‘g‘ri keladi.

Taqqoslash uchun, hozirda Angliyadagi o‘yinlar Xitoyda yiliga taxminan 20 mln dollar evaziga translyatsiya qilinadi.

Telehuquqlarni Suning group xoldingiga kiruvchi PPTV kompaniyasi sotib olgan. Eslatib o‘tamiz Suning group "Inter" jamoasi egasi hisoblanadi.

Bundan oldinroq, premer-liga turnir o‘yinlarini 2019 yilgacha translyatsiya qilish huquqini Britaniyadagi 2ta telekanalga 5,136 milliard funt evaziga sotgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid