Angliyada poyga boşlandi. «Arsenal»ga nima bölyapti?
|21:00 / 19.02.202611 65516 min
Foto: ReutersFoto: Reuters
Keça «Arsenal» 31-turning köçirilgan öyinini sönggi örinda borayotgan «Vulverhempton»ga qarşi ötkazdi va 2:0 hisobidagi ustunlikni boy berdi. Endi yöqotilgan oçkolar böyiça hisoblaganda «Mançester Siti» bilan oradagi farq atigi 2 oçkoni taşkil qilmoqda. Oldinda da’vogarlarning «Etihad»da özaro uçraşuvi ham borligini inobatga olsak, çempionlik poygasi boşlandi. Tabiiyki, avvalroq bunday raqobatni boy bergan «Arsenal»da qöşimça bosim yuzaga kelişi mumkin. Axir atigi bir oy oldin Arteta şogirdlari ta’qibçilaridan oradagi farqni hatto 9 oçkoga yetkazişi, bugungi kunda masalaga amaliy tomondan nuqta qöyişi mumkin edi-ku? «Arsenal»ga nima bölyapti?
«Arsenal»ga nima bölyapti?
«Arsenal» oxirgi 7 öyinning atigi ikkitasini öz foydasiga hal qildi xolos. 4 durang va 1 mağlubiyat. Taqqoslaş uçun aytamiz, jamoa çempionlik poygasida iştirok etgan 2022/23 mavsumida şunça oçko yöqotişi uçun yanvardan aprelgaça vaqt ketgandi. Sovrin uçun yanayam yaqin kelgan 2023/24 mavsumida esa yanvardan to mavsum oxirigaça atigi 1 durang va ikki mağlubiyat qayd etgan xolos, qolgan barça öyinlarda ğalaba qozongandi. Quyida sönggi 7 öyin böyiça ba’zi faktlarni tilga olamiz:
— «Liverpul»ga qarşi (0:0) öz maydonida ötgan öyinning 1-taymida ustunlik qilgan bölsa-da, 2-taymda töp nazorati 35-65, mehmonlar foydasiga. Çempionlik uçun kuraşayotgan jamoa 2-taymning to 90+ daqiqalarigaça raqib darvozasiga birorta ham zarba bera olmadi.
— «Nottingem Forest»ga qarşi öyinning (0:0) 1-taymida birorta ham aniq zarba berilmadi.
— «Mançester Yunayted»ga qarşi uy uçraşuvida (2:3) katta ustunlik bilan hisobni oçgan bölsa-da, 30-daqiqadan to 55-daqiqagaça, ya’ni raqib 2:1 hisobida oldinga çiqib olgunça ustunlik butunlay topşirib qöyildi: zarbalar nisbati 1:7. Zero «MYu» bu stadionda 9 yildan beri APLda ğalaba qozona olmayotgan, oxirgi 4 öyinni yutqazgan edi.
— «Lids» (4:0) bilan öyinda işonçli ğalaba, lekin şu öyinda ham 1-taymda standart vaziyatdan urilgan goldan taşqari, atigi 1 marta uzoqdan zarba berildi xolos.
«Sanderlend» (3:0) ham yirik hisobda mağlub etildi, ammo hisob 42-daqiqada oçilgan uşbu öyinning 1-taymida töp nazoratida mehmonlar ustunlik qildi. Usluban töpni raqibga berib qöyadigan, mavsumda faqat 4 uçraşuvda töp nazoratida ustunlik qilgan «Sanderlend»ga ham «Emireyts»da töp topşirib qöyildi.
Mavzuga oid
— «Brentford» bilan (1:1) öyinda raqibning xG böyiça ustunligi – 0.91. «Arsenal» uçun mavsum antirekordi.
— Nihoyat «Vulverhempton» (2:2) bilan öyinda jamoa 2:0 hisobida oldinga çiqib olgaç, 56-daqiqadan to hisob tenglaşgunça, ya’ni 90+ daqiqalargaça «Arsenal» atigi 1 ta zarba berdi xolos.
Jamoada inqirozmi?
Albatta, yöq. Yuqoridagi statistik körsatkiçlar «barmoqdan sörib olingandek» tuyuladi, zero hozir ham «Arsenal» turnir jadvalida peşqadam, Liga kubogi finaliga çiqdi, Çempionlar Ligasi guruh bosqiçini 1-örinda yakunladi. Raqib – «Mançester Siti»da ham hammasi joyida emas, özi 2026 yil ğalati boşlandi, Pep Gvardiola ham yangi yilda 5 öyinda ğalaba qozona olmadi. Unda şunça negativ qayerdan?
Hamma gap şunda, «Arsenal» natijalaridagi yomonlaşuv «Liverpul» yoki «Mançester Siti» boşdan keçirgan inqirozlarga öxşamaydi. Futbolçilar sport formasining tuşib ketişi, ğoya yetişmasligi yoki jarohatlar bilan ham boğliq emas. «Arsenal» bemalol özi nazorat qilişi mumkin bölgan, hammasi öz qölida hisoblangan, ğalaba uçun barça imkoniyatlarga ega bölgan öyinlarni boy bermoqda. Raqiblar jamoaning biror oçiq muammosini topib, xuddi Slotga qarşi uzun paslar iş bera boşlagandek, foydalana olayotgani yöq – hammasi «Arsenal»ning mavsumdagi doimiy ssenariysi ostida keçyapti. 4:0 yutilgan öyinda ham, 2:2 bilan tugagan bahsda ham «Arsenal» öşa-öşa.
Şuning uçun ham Artetaga nisbatan tanqidlar köpayib boryapti – murabbiyning öta ehtiyotkorligi, hammasini nazorat qilişga urinişi jamoadagi kuraşiş könikmasiga putur yetkazmoqda. Nazoratdagi jarayonda rejadan taşqari biror hodisa röy bersa, jamoa özini yöqotib qöymoqda. Oddiy misol, yuqorida tilga olingan «MYu»ga qarşi öyin – mehmonlar hatto markazdan ham öta olmayotgan bir paytda Subimendi bitta xato qildi va hisob tenglaşdi. Şuning özi «Arsenal»ning dovdiraşiga, öziga kela olmasligiga yetarli böldi. Yoki boşqaça misol – keça «Vulverhempton» hisobni tenglaştirgaç, 90+ daqiqalarda «Arsenal» bor kuçi bilan oldinga taşlandi va hatto bemalol gol ham urib qöyişi mumkin edi. Jamoada hatto qandaydir berilgan 1-2 daqiqada xavfli vaziyatlar yaratiş salohiyati bor ekan, passiv öyinning sababi qayerda?
Foto: Getty images
Sönggi mavsumlar bosimi
Yuqorida aytilgan «Vulverhepton»ga qarşi öyinning sönggi daqiqalariga klub afsonalaridan biri Pol Merson ham e’tibor qaratdi. Rostdan ham sönggi mavsumlardagi 2-örinlar, ya’ni raqobatni boy beriş kompleksi jamoani ham, Artetani ham özgartirib qöygandek. Ilgari jamoaga doimiy «törtinçilik» maqomi berilgandi, ammo bunda 2-örinlar qadar negativ fon yöq. Çunki «Arsenal» mavsumni qanday boşlaşidan qat’i nazar, oqibatda baribir kuçli törtlikka kira olar, belgilangan maqsad – Çempionlar Ligasi yöllanmasiga ega çiqardi. Yuqoriroq örinlar uçun kuraşa olmaslik tabiiy qabul qilinar, «MYu», «Çelsi» yoki «Mançester Siti»ning xarajatlari, imkoniyatlari ançagina kattaroq edi. 2-örin esa poygada yutqaziş hissini beradi, bunday mavsumlar köpaygan sari futbolçilar uçun ham, muxlislar uçun ham oğriq beradi.
Transferlar bosimi
Yozni eng faol ötkazgan jamoalardan biri – «Arsenal». «Liverpul» köproq sarflagan bölsa-da, juda köp futbolçilar tark etdi ham. «Mançester Siti» köp futbolçilarni jalb qilgan bölsa-da, bu ötgan mavsumdagi inqirozga yeçim qidirdi. «MYu» umuman 15-örinni olgan, butun tarkibni yangilagan taqdirda ham «Arsenal» turgan bosqiçga yetib kelolmasdi.
«Arsenal» esa – APL 2-örin sohibi, YeÇL yarimfinalçisi maqomi ustiga yana bir qator futbolçilar sotib oldi. Transferlar qandaydir oğriqli, muammoli pozitsiyaga emas, bunday pozitsiyaning özi yöq, har bir çiziq uçun qöşimça amalga oşirildi. Gyokereş, Eze, Madueke, Inkapiye, Nergor, Moskiyera – bularning birortasida ham tarkibda kafolatlangan örin yöqligi buning isbotidir.
Ya’ni klub çempionatda sodir bölişi mumkin bölgan har qanday kutilmalarga tayyorlandi – futbolçilarning sport formasi tuşib ketadimi, jarohatlar köpayadimi, farqi yöq, öşa darajadagi örinbosar bor. Asosiy tarkibga tuşmaganlik uçun ziddiyat çiqarişi mumkin bölgan yulduzlar ham yöqligi muhitdagi toksik vaziyatlarning ham oldini oladi. Xullas, hammasi yagona maqsad – çempionlik uçun. Ligada bu mavsum sovrinni olişga loyiqroq boşqa jamoa yöq. Ayniqsa «Liverpul»ning mavsum boşidagi inqirozidan keyin.
Avvalgi murabbiylarda mavsumlarda bölmagan bunday imkoniyat şu safar taqdim etilgaç, kamida muxlislar va jamoatçilik nuqtai nazaridagi kartina şunday bölgaç, tabiiyki, bosim öta yuqori böladi.
Mukammallik va ommaviy yoqtirmaslik bosimi
«Arsenal» doim öziga xos uslubga ega, çiroyli öyin körsatadigan jamoa bölgan. Arsen Venger yovvoyi Angliya uçun biroz begona bölgan nafis futbolni olib kirdi, mini-futbolni eslatadigan «Xayberi»da Anri, Bergkamp, Pires va boşqa yulduzlar aynan mini-futbolga xos gözal va nozik harakatlarni ijro etişardi. Özil, Sançes, Uilşir, Rositski, Kasorla, Uolkotlar töp surgan keyingi davrda ham garçi çempionlik qölga kiritilmagan bölsa-da, Angliyada eng çiroyli, romantik futbolni aynan «Arsenal» körsatar edi. Mikel Arteta davrida ham bu yöqolmagandi aslida, 2022-2024 yillardagi «Arsenal» yana öşa paytlarni eslatgan eng yoqimtoy jamoalardan edi.
Ammo qaçonki çempionlik bosimi paydo bölgaç, kurs özgardi. Jamoa hisobni qöriqlaş uçun öynaşga, standart vaziyatlarga köproq e’tibor qarata boşladi. Ötgan mavsumda jamoa çempionlik poygasidan erta çiqib ketganining sababi ham şu – «Arsenal» 14 öyinda hisobni oçgan, oldinda borgan bölişiga qaramasdan, şu ustunlikni saqlab qolişga harakat qilib, oçkolarni boy berib qöygandi. «Liverpul»ga qarşi özaro öyin ham yaqqol misol.
Bu mavsumda bu qaraş yanada avjiga çiqdi. «Arsenal» şu qadar ehtiyotkorki, raqib qarşi hujumlaridan qörqib, deyarli markazdan öyin qurmayapti. Markaz orqali ötkir paslar kamayib, faqat qanotlar orqali hujum uyuştirilmoqda. Birinçidan, qanotda töp yöqotilganda raqibning hujumlari xavfli bölmaydi, ikkinçidan, qanotlar orqali burçak töplari va standart vaziyatlar işlaş ehtimoli oşadi.
Artetaning tsinikka aylanişi çempionlik uçun kuraşda tabiiy, heç qaysi jamoadan ularçalik sovrin kutişmayapti. Mavsum boşida qatorasiga bir neça öyin gol ötkaziş tugul, hatto raqibga zarba beriş imkoniyati berilmagan, qatorasiga ğalabalar bölib turganda, muammo emas. Lekin bu mukammallik neytral muxlislarni özidan itaradi, ikkinçidan, raqiblar «Arsenal»ga qarşi muvaffaqiyatli öyinni çellenj sifatida köra boşlaydi.
Ma’lum bir uslubda yoki oçiq hujumkor futbol körsatadigan kuçli jamoalar ustidan ğalabalar ham katta voqea, töğri, ammo buning zamirida qandaydir qarşi usul topiş, ojizlikdan foydalaniş borligi uçun u qadar işonçli emas. «Atletiko» «Barselona»ni, «Renn» «PSJ»ni yutdi, ha, muvaffaqiyatli öyin, qoyil, şu xolos.
«Arsenal» şunday jamoaga aylandiki, ojiz nuqtani topa olmaysiz, uni yopib öyinni yutiş mumkin bölgan asosiy futbolçi ham yöq – «Arsenal»ni yutgan jamoa qisman, ba’zi jabhalarda emas, töliq mukammal öyin körsatişi kerak böladi. Mukammal himoyalaniş, vaziyatlardan mukammal foydalaniş va hokazo. Bu yanada qiyinroq çaqiriq, demak har qanday raqib aynan «Arsenal»ga qarşi boşqaça kuç bilan öynaşi tabiiy. «Arsenal»ning oçko yöqotişi APL uçun katta voqeaga aylanayotgani ham qöşimça motivatsiya beradi.
Futbol jamoatçiligida ham «Arsenal»ga nisbatan munosabat özgardi. «Arsenal»ning çempionligi köpçilikni gözal futboliga oşufta qilgan romantik jamoaning katta tanaffusdan söng sobiq futbolçisi qöl ostida şohsupaga qaytişi sifatida körilmayapti ham. Albatta, aslida boşqalarning qanday qabul qilişi muhim emas, çempionlik avvalo, jamoa muxlislari uçun kerak va qanday uslub bilan qölga kiritilsa ham, farqi yöq. Lekin jamoa körsatayotgan uslubga nisbatan salbiy fikrlar bu uslub bilan faqat va faqat yutişni şart qiladiki, aks holda sovringa qöşilib, jamoa öşa maftunkorligidan ham ayrilib qolişi mumkin.
«Mançester Siti» bosimi
Çempionlik poygasi aslida keça emas, «Enfild»da boşlangan. Ğalaba qozoniş eng muşkul bölgan stadionda, sönggi daqiqalarda hisobni tenglaştirgan «Siti» futbolçilarining töpni olib maydon markaziga qarab yugurişi haqiqiy çempionlik poygasidan darak bergandi. Yuqorida transferlar va uzoq vaqt davom etayotgan loyiha sifatida «Arsenal»ni favorit degan bölsam-da, nozik bir jihatni ham tilga oliş kerak. «Mançester Siti» tarkibida Angliya çempioni bölgan 10 nafar futbolçi bor. «Arsenal»da atigi 1 nafar, u ham bölsa öşa çempionliklarni «Mançester Siti» tarkibida qölga kiritgan Gabriyel Jyezus. Qoğozda körsatiş qiyin, lekin bu mançesterliklarga juda muhim ustunlik beradi. Öşa «Enfild»da töpni olib markazga yugurgan futbolçi ham Bernardu Silva edi.
Endi Pep Gvardiola boşçiligidagi «Mançester Siti» odatda bunday poygalarni qanday ötkazişi haqida. 2016/2017, 2019/2020 va 2024/25 mavsumlarda «Mançester Siti» çempion bölolmagan va çempionlik uçun kuraşmagan. 2017/18 va 2020/21 mavsumlarda jamoa raqiblaridan ança özib ketib, sovrinni qölga kiritgan, ya’ni rosmana çempionlik poygasi bölmagan. Endi aynan sönggi turlargaça kuraş bölgan mavsumlarni körib çiqamiz.
— 2018/2019 mavsumida «Mançester Siti» «Liverpul» bilan raqobat qilgan. Sönggi 14 öyinning barçasini öz foydasiga hal qilgan.
— 2021/2022 mavsumida yana «Liverpul» bilan kuraş. Sönggi 7 öyinda faqat «Vest Hem» bilan durang. Lekin bu jamoani qoniqtirardi. «Mançester Siti»ga oxirgi 2 öyinda 4 oçko yetarli bölib, 37-turda safarda «Vest Hem» bilan durang öynagan.
— 2022/2023 mavsumida «Arsenal» bilan raqobat. Qatorasiga 12 öyinni, jumladan, «Arsenal» bilan özaro öyinni ham öz foydasiga hal qilgan. Çempionlikni rasmiylaştirgaç, oxirgi 2 turni yuta olmagan.
— 2023/2024 mavsumda yana «Arsenal» bilan poyga. «Mançester Siti» qatorasiga 9 öyinni yutib, çempionga aylangan.
Bundan kelib çiqadiki, Pep Gvardiola jamoasi sönggi bosqiçda doim, agar ğalaba kerak bölsa, ğalaba qozongan. Biror marta mana şunday öyinda oçko yöqotib qöymagan. Şu jihatdan «Arsenal»ning keçagi «Vulverhepton»ga qarşi oçko yöqotişining ta’siri katta edi. Aynan şu öyindan keyin sovrin yutiş imkoniyati «Siti»ning ham qöliga ötdi. «Mançester Siti» endi «Arsenal»ning oçko yöqotişini kutmaydi, öz öyinlarini yutsa, kifoya, örtadagi ikki oçkolik farq yöqqa çiqadi.
Esingizda bölsa, ötgan yozgi mavsumoldi tayyorgarliklar paytida Mikel Arteta futbolçilarning diqqatini test qiliş maqsadida professional öğrilarni yollagan edi. Bu tadbirdan qanday foyda çiqqan, bilmadim-u, işqilib eng katta öğirlik bahorda sodir bölib, «Arsenal» sovrinni öğirlatib qöymasin-da...