O‘zbekiston | 10:00 / 23.04.2024
2270
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti talabalari endi Avstraliyada tahsil olishlari mumkin

Avstraliyaning Edith Cowan Universiteti va Toshkent Kimyo xalqaro universiteti o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, endilikda KIUT talabalari Avstraliyada o‘qishni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Avstraliyaning Edith Cowan Universiteti va Toshkent Kimyo xalqaro universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Hamkorlik ikki universitet o‘rtasidagi strategik sheriklik, ilmiy-tadqiqot va ta’lim sohasida yangi imkoniyatlarni yaratishga qaratilgan. Edith Cowan Universitetidan kelgan delegatsiya a’zolariga Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Adam Brers boshchilik qildi. Delegatsiya a’zolari bilan TKXU ta’sischisi, professor Alisher Vahobov, rektor v.b., professor Karimjon Axmedjanov, Innovatsiya va ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor, dotsent Jamshid Kaniyevlar uchrashishdi.

Ushbu hamkorlik dastlab muhandislik, iqtisodiyot va ta’lim yo‘nalishlaridagi qo‘shma dasturlar doirasida talabalarning akademik va kasbiy tajribalarini boyitish maqsadida tuzilgan. Hamkorlik doirasida ikkala OTM o‘rtasida o‘zaro talabalar va o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalari va seminarlar tashkil etish rejalashtirildi. Bundan tashqari, ikkala universitet ham o‘zlarining ilmiy-tadqiqot laboratoriyalaridan foydalanish imkoniyatlarini taqdim etishga kelishib olishdi. Qo‘shma dasturlar tashkil etilishi KIUT talabalariga Avstraliyada o‘qish va tadqiqot olib borish imkoniyatlarini beradi. Bu esa, talabalarning xalqaro miqyosdagi ilmiy loyihalarda ishtirok etishlari va kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishlariga yordam beradi. Edith Cowan esa bu hamkorlik orqali O‘zbekistondagi ilmiy-tadqiqot salohiyatidan foydalanish va o‘z akademik aloqalarini kengaytirishni maqsad qilgan. Shuningdek, memorandum ikkala universitet o‘rtasida qo‘shma ilmiy anjumanlar va davra suhbatlarini tashkil etishni ham nazarda tutadi. Bu tadbirlar soha mutaxassislari, tadqiqotchilar va talabalar uchun fikr almashinuvi hamda yangi g‘oyalarni muhokama qilish platformasi vazifasini o‘taydi.

«Bizlar o‘zaro hamkor bo‘ldik va kelajakda KIUT talabalari bizning universitetimizga yoki bizning talabalar KIUT’ga kelish imkoni bo‘ladi.

Ushbu tashrifim davomida KIUT asoschisi va rektori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda biz ikki tomonlama diplom, turli xil kollaboratsiyalar va hatto ishchilar almashinuvi dasturi haqida suhbatlashdik. KIUT menga juda yoqadi va umid qilamanki, kelajakda bu universitet O‘zbekistondagi ta’limni rag‘batlantirishda muhim o‘rin kasb etadi va kelajak avlodni Yangi O‘zbekistonga yetuk kadrlar qilib tayyorlab beradi», deya ta’kidladi Edith Cowan Universiteti prorektori Adam Brers.

Ushbu hamkorlik ikkala universitet uchun ham o‘zaro manfaatli bo‘lib, ilmiy-tadqiqot va ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi. Avstraliya va O‘zbekiston o‘rtasidagi bu kabi akademik aloqalar ikki mamlakat o‘rtasidagi barcha sohalarda o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash hamda ilmiy hamjamiyatlar o‘rtasida vosita bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent Kimyo xalqaro universitetiga 2024/2025 o‘quv yili uchun qabul jarayonlari boshlandi.

Batafsil: www.kiut.uz

Telegram: t.me/kiut_official
Feysbuk: facebook.com/kiut.uz
Instagram: instagram.com/kiut.uz_rasmiy_kanal

Reklama

Mavzuga oid