Toşkent Kimyo xalqaro universitetida 2024/2025 öquv yili uçun qabul boşlandi va şu munosabat bilan oçiq eşiklar kuni taşkil etildi.
Toşkent Kimyo xalqaro universitetida abituriyent va ularning ota-onalari uçun oçiq eşiklar kuni bölib ötdi. Tadbirda Toşkent şahridagi litsey, kollej öquvçilari, şuningdek, umumta’lim maktablari öquvçilari iştirok etişdi.
Tadbir avvalida abituriyentlarga universitet kampusi böylab ekskursiyalar uyuştirilib, uning ilğor texnik bazasi va barça ta’lim yönalişlariga ixtisoslaştirilgan laboratoriyalar bilan taniştirildi.


Oçiq eşiklar kunida qabul komissiyasi a’zolari tomonidan öquvçilar uçun universitetda mavjud yönalişlar, hamkor xorijiy oliy ta’lim muassasalari, universitetning ilmiy yutuqlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
“Bugungi tadbirni ötkazişdan asosiy maqsad – kelayotgan yangi öquv yiliga abituriyentlarni universitetga jalb qiliş. Barça yönalişlarimiz haqida ma’lumot beriş uçun körgazmalar taşkil qilganmiz. Abituriyentlar özlarini qiziqtirgan barça savollarga javob olişmoqda. Ularga tanlagan yönalişlarining asosiy xususiyatlari, kiriş imtihonlari qanday ötkazilişi, öqitiladigan fanlar, kelajakda egallaydigan mutaxassisligi haqida ma’lumot beriladi.


Şu bilan birgalikda bizning universitetda öqiş istagi paydo bölgan abituriyentlar uçun köçma qabul ham taşkil etganmiz. Töğridan töğri hujjatlarni qabul qiliş imkoniyatimiz bor”, dedi davolaş işi va stomatologiya yönalişi rahbari Jobir Ahmedov.


Ötkazilayotgan oçiq eşiklar kuni xorijdan kelib öqiyotgan talabalarning ham e’tiborini tortdi:




















