Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona viloyatida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va ularning maslahatchilari saylovi o‘tkazilmoqda
Farg‘ona viloyatida ham mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va ularning maslahatchilari saylovi ochiqlik, muqobillik va adolat tamoyillari asosida yuksak saviyada o‘tkazilmoqda.
Quvasoy shahrining Alisher Navoiy nomidagi mahalla fuqarolar yig‘ini raisligiga ko‘rsatilgan uch nomzodning saylovoldi dasturida belgilangan muhim vazifalar borasidagi fikr-mulohazalar 55 nafar vakillar tomonidan o‘rganildi, tahlil etildi.
Saylov natijalariga ko‘ra, yashirin ovoz berish yo‘li bilan eng ko‘p ovoz olgan Gulshoda Ibrohimova mahalla fuqarolar yig‘ini raisi lavozimiga saylandi. Maslahatchilar lavozimiga ko‘rsatilgan 26 nomzodning 13 nafari ochiq ovoz berish yo‘li bilan saylandi.
– Saylovda bildirilgan ishonchni oqlash katta mas'uliyat talab etadi,– deydi Alisher Navoiy nomidagi mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Gulshoda Ibrohimova. – Maqsadimiz xalq bilan yelkama-yelka bo‘lib, hududni yanada obodonlashtirish, oilaviy biznesni rivojlantirish, aholi, ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlar bandligini ta'minlashga xizmat qilishdir. Bu borada mahalla maslahatchilari va faollarning amaliy yordami, qo‘llab-quvvatlashi muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, ayni paytga qadar Quvasoy shahridagi o‘ndan ortiq mahalla fuqarolar yig‘inida saylovlar o‘tkazilib, munosib nomzodlar muqobillik asosida saylangan. Har bir hududdagi ishchi guruhlar maxsus xonalar, zaruriy texnika vositalari, me'yoriy hujjatlar to‘plami, qo‘llanmalar bilan to‘liq ta'minlangan.
M.Sulaymonov, O‘zA muxbiri.
Mavzuga oid
17:23
Farg‘onada 3-, Samarqandda esa 4-sinf o‘quvchisi B2 sertifikatini qo‘lga kiritdi
16:25
Marg‘ilonda tergov boshlig‘i 10 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. U aybsiz odamni qamatib berish uchun 18 ming dollar so‘ragan
19:50 / 12.01.2026
Farg‘onada “prava”siz ayol uch odamni urib yubordi, bir kishi to‘shakka mixlandi: jabrlanuvchilar sud hukmidan norozi
17:20 / 07.01.2026