Sport | 09:50 / 06.11.2021
8662
1 daqiqa o‘qiladi

«Barselona» Xavi bosh murabbiy etib tayinlanishini tasdiqladi. Taqdimot marosimi 8 noyabr kuni o‘tkaziladi

«Barselona» Xavi jamoa bosh murabbiyiga aylanishini tasdiqladi.

Foto: Fc Barcelona

«Shartnoma tez orada imzolanadi. U jamoa bosh murabbiyiga aylanadi», — deydi klub prezidenti Laporta. 

Klub matbuot xizmatining yozishicha, 8 noyabr kuni taqdimot marosimi o‘tkaziladi va 41 yoshli mutaxassis bilan 2024 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolanadi.

Foto: Fc Barcelona

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» 28 oktabr kuni Ronald Kumanni iste'foga chiqargach, «Barselona B» jamoasi ustozi Serxi Barxuan bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi. 5 noyabr kuni esa «As Sadd» Xavi Kataloniyaga klubiga o‘tayotganini e'lon qildi.

Sobiq yarimhimoyachi futbolchilik faoliyatida 1998 yildan 2015 yilgacha «ko‘k-anorranglilar» tarkibida harakat qilgan.

Mavzuga oid