Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
1 iyundan boshlab O‘zbekiston shaharlarida avtomobil yo‘llarini ta’mirlash yoki yo‘l chiziqlarini chizish bilan bog‘liq ishlarni soat 07:00 dan 21:00 ga qadar amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Dam olish kunlari, shuningdek, kechiktirib bo‘lmaydigan alohida holatlar bundan mustasno.
Foto: Kun.uz
O‘zbekiston prezidentining matbuot xizmati haydovchilarga qulaylik yaratishga qaratilgan yana bir yangilikni e’lon qildi.
Unga ko‘ra, 1 iyundan boshlab shaharlarda avtomobil yo‘llarini ta’mirlash yoki yo‘l chiziqlarini chizish bilan bog‘liq ishlarni soat 07:00 dan 21:00 ga qadar amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Dam olish kunlari, shuningdek, kechiktirib bo‘lmaydigan alohida holatlar bundan mustasno.
“Ta’mirlash va yo‘l chiziqlarini yangilash ishlari endi kunduzi emas, faqat kechasi – yo‘llardagi harakat kamaygan vaqtda amalga oshiriladi.
Bu o‘zgarish fuqarolarning kundalik ishga borish-kelish, farzandini maktabga olib borish yoki shifoxonaga yetib olishni osonlashtirish bilan bir qatorda, tirbandliklar yuzaga kelishini oldini oladi”, – dedi prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.
Avvalroq radarlar 1 iyundan boshlab yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmasligi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
19:50 / 12.01.2026
Farg‘onada “prava”siz ayol uch odamni urib yubordi, bir kishi to‘shakka mixlandi: jabrlanuvchilar sud hukmidan norozi
11:57 / 09.01.2026
Toshkentda taksichilardan pul undirgan guruh qo‘lga olindi
19:11 / 16.12.2025
Yandex Go haydovchilarining boykotga chorlovlari muvaffaqiyatsiz bo‘ldi
12:56 / 01.12.2025