Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 12 barobar oshirilishi kutilmoqda
Rossiya Davlat Dumasi kelasi hafta chet el fuqarolari uchun davlat bojlarini bir necha barobar oshirish bo‘yicha qonun loyihalarini ko‘rib chiqadi.
Foto: Yekaterina Kuzmina / RBK
Quyi palata spikeri Vyacheslav Volodinning ma’lum qilishicha, Rossiya fuqaroligini olish uchun to‘lov 12 baravar - 4 200 rubldan 50 ming rublgacha oshadi. Vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma 8 baravar - 1920 rubldan 15 ming rublgacha, yashash guvohnomasi esa 5 baravar - 6 mingdan 30 ming rublgacha qimmatlaydi.
Bundan tashqari, xorijiy ishchilarni jalb qilishga ruxsatnoma berish uchun bojni har bir mutaxassis uchun 15 ming rublgacha oshirish taklif qilinmoqda.
Yangiliklarning federal g‘aznaga umumiy ta’siri yiliga 15 milliard rublga baholanmoqda. Volodin so‘zlariga ko‘ra, qonun loyihalari migratsiya sohasida «tartib o‘rnatishga yordam beradi».
Moliyaviy talablardan tashqari, Davlat Dumasi spikeri chet elliklar uchun Rossiyada bo‘lish shartlari - tilni bilish, qonunchilikka rioya qilish va «an’analar, tarix va madaniyat»ni hurmat qilishni eslatdi.
2024 yildan buyon Rossiyada migratsiyani tartibga soluvchi 22 ta federal qonun qabul qilindi, ushbu mavzu bo‘yicha yana 10 ta qonun loyihasi ko‘rib chiqilmoqda.
Mavzuga oid
21:38 / 27.05.2026
Rossiya va «Tolibon» harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishdi
21:14 / 27.05.2026
Putin davlat tashrifi bilan Qozog‘istonga bordi
18:32 / 27.05.2026
2026 yilda ko‘chib o‘tish uchun eng yaxshi mamlakatlar e’lon qilindi
10:56 / 27.05.2026