Jahon | 21:38
790
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya va «Tolibon» harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishdi

Bunday kelishuvlar doirasida tomonlar bir-biriga qurol-yarog‘, litsenziyalar, harbiy texnologiyalar beradi va qo‘shma ishlanmalar olib borishi mumkin.

Foto: Global Look Press/Khaibar Akbari

Rossiya va Afg‘onistonning «Tolibon» hukumati 27 may kuni Moskva viloyatidagi forumda harbiy-texnik hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzoladi.

«Odatda, bunday kelishuvlar doirasida tomonlar bir-biriga qurol-yarog‘, litsenziyalar, harbiy texnologiyalar beradi va qo‘shma ishlanmalar olib boradi», deb yozdi «Vajnyye istorii» bu haqda.

27 may kuni Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoygu Afg‘oniston mudofaa vaziri Muhammad Yoqub bilan uchrashdi.

Rossiya 2021 yilda Afg‘onistondagi «Tolibon» hukumatini tan olgan birinchi davlat bo‘lgan edi. Harakat vakillari AQSh qo‘shinlari mamlakatni tark etganidan keyin hokimiyatga keldi.

Rossiya «Tolibon» bilan hamkorlikdagi cheklovlarni bosqichma-bosqich olib tashlamoqda, uni Markaziy Osiyoda xavfsizlik, IShIDga qarshi kurash va mintaqaviy barqarorlik bo‘yicha hamkor sifatida ko‘rmoqda. 2025 yilda Rossiyada ushbu harakatning terrorchilik maqomi to‘xtatilgan edi.

Rossiya uzoq vaqtdan beri toliblar bilan muloqot olib bormoqda, gumanitar yordam yetkazib bermoqda va iqtisodiy aloqalarni rivojlantirmoqda, endi esa yanada amaliy harbiy-texnik hamkorlikka o‘tmoqda.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid