Binyamin Netanyahu Isroil mudofaa vazirini lavozimdan oldi
Isroil hukumati rahbarining aytishicha, u va mudofaa vaziri Yoav Gallant o‘rtasidagi ishonch «darz ketgan».
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu mamlakat mudofaa vaziri Yoav Gallantni lavozimdan ozod etdi. Bu haqda Times of Israel xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Gallant o‘rniga Isroil tashqi ishlar vaziri Israel Kats tayinlanadi. Gideon Saar bo‘lsa mamlakat tashqi ishlar vaziri lavozimini egallaydi.
«Urushning dastlabki oylarida o‘zaro ishonch bor edi va juda samarali ishlar amalga oshirildi, ammo so‘nggi oylarda men va mudofaa vaziri o‘rtasidagi ishonch darz ketdi», — deydi Netanyahu.
Uning aytishicha, Gallant Vazirlar mahkamasi ko‘rsatmalariga zid bo‘lgan qarorlar qabul qilgan va bayonotlar bergan. Netanyahu hukumatning aksariyat a’zolari uning qarorini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yil aprelda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mudofaa vaziri Yoav Galantni iste’foga chiqarish haqidagi qarorini bekor qilgandi. Vazirlar mahkamasi rahbari o‘shanda mudofaa vaziri bilan «barcha jabhalarda sutkada 24 soat birga» ishlayotganini va «ixtiloflarni chetga surish»ga qaror qilganini bildirgan edi.
Mavzuga oid
14:15
Eron: Agar Isroil sulhga rozi bo‘lsa, Tehronning javobi o‘zgarishi mumkin
08:28
Isroil mudofaa vazirining iste’fosi: minglab kishilar namoyishga chiqdi
16:18 / 05.11.2024
Isroilning urush jinoyatlari uchun ramziy «G‘azo tribunali» tuzildi
15:50 / 05.11.2024