Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish respublika komissiyasi tasdiqlanadi
Foto: Shutterstock
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga tadbirkorlik sub'yektlarini keng jalb etish, tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarining o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta'minlash, shuningdek, bo‘sh turgan obektlar, yer uchastkalari va boshqa infratuzilmadan samarali va oqilona foydalanish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish maqsadida hujjat loyihasi e'lon qilindi.
Hududlarda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish respublika komissiyasi va uning hududiy ishchi guruhlari tasdiqlanadi.
Komissiya va uning hududiy ishchi guruhlarining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:
har bir mahallaga chiqqan holda tadbirkorlar bilan bevosita uchrashish, ularning muammolarini o‘rganish, ayniqsa faoliyatini to‘xtatgan tadbirkorlarning amaldagi qonunchilik doirasida ularning ishini tiklash bilan bog‘liq yechimlarni tatbiq etish yuzasidan bosh vazir qabulxonalari bilan birgalikda aniq choralar ko‘rish;
iqtisodiyot, investitsiya va moliya-kredit organlari bilan birgalikda har bir tuman (shahar)ning mavjud imkoniyatlari va salohiyati, mahalliy iste'molchilarning talab va ehtiyojidan kelib chiqib ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarining aniq yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
ushbu takliflar asosida tadbirkorlar kengashlari va savdo sanoat palatalari bilan salohiyatli tadbirkorlarni jalb qilgan holda, loyihalarni ishlab chiqish, kredit, yer maydonlari va bino-inshootlar ajratish, infratuzilmaga ulanish bilan bog‘liq barcha masalalarni hal qilishga ko‘maklashish.
Tadbirkorlik faoliyatini muvofiqlashtirish komissiyasi va uning hududiy ishchi guruhlari tomonidan ishlab chiqilgan mavjud ishchi kuchi va mehnat resurslari balansi asosida ishsiz maqomiga ega va ish qidirayotganlar orasida tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida har bir mahalla kesimida ularning talab va ehtiyojidan kelib chiqib, keltirilgan yo‘nalishlarni rivojlantirishni nazarda tutuvchi “Tadbirkorlik hududi”ga aylantirish tajribasini O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 11 sentyabrdagi PQ-3939–son qarori bilan tashkil etilgan “Hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish komissiyasi va uning hududiy guruhlari” bilan muvofiqlashgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlarning barcha tuman va shaharlarining mahallari kesimida 2019 yil yakuniga qadar joriy etilishi ta'minlanadi.
Davlat statistika qo‘mitasiga, Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda jahonning ilg‘or xorijiy tajribalari asosida faoliyatini to‘xtatgan tadbirkorlik sub'yektlari bo‘yicha o‘zaro integratsiyalashgan ma'lumotlar bazasini yaratish va ushbu ma'lumotlarni har oyda Tadbirkorlik faoliyatini muvofiqlashtirish komissiyasiga taqdim etish vazifasi yuklatiladi.
Barcha darajadagi hokimlarning iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari:
tegishli hududdagi bosh vazir qabulxonalari va ularning qoshida tuzilgan tadbirkorlar kengashlari mahallalarda tadbirkorlik salohiyati bo‘lgan aholini aniqlash, ularda oilaviy tadbirkorlik uchun mavjud sharoitlarni, ularning tadbirkorlikka bo‘lgan ehtiyojini doimiy ravishda o‘rganib borish ishlarini tashkil qiladilar;
shakllantirilgan loyihalarni amalga oshirish uchun tadbirkorlikka moyilligi bo‘lgan aholi qatlamlarini aniqlash ishlarini yo‘lga qo‘ysinlar va ularning ro‘yxatini har oy Savdo-sanoat palatasi tegishli hududiy bo‘linmalariga kiritib boradilar.
Savdo-sanoat palatasi (A.Ikromov) har bir tumanda keltirilgan ro‘yxatdagi aholini nomoliyaviy xizmatlarni amalga oshirish bilan joylarda malakasini, tadbirkorlik va yuridik savodxonligini oshirish bo‘yicha jumladan xalqaro moliya tashkilotlari mablag‘larini jalb qilgan holda o‘qitish dasturini ishlab chiqadi hamda tizimli o‘qitishni tashkil qiladi.
Davlat xizmatlari agentligi joylardagi tuzilmalari bilan birgalikda, shakllantirilgan loyihalar bilan bog‘liq ro‘yxatga olish, yer ajratish, turli xil ruxsatnomalar berish, turli infratuzilmalarga ulanish kabi va boshqa masalalarni tezkor yechish choralarini ko‘radi.
Natijasi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga va Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga oylik ma'lumot kiritib boradi.
Mavzuga oid
15:01 / 10.11.2025
Toshkent shahri va Xorazmda tadbirkorlik zichligi eng yuqori
15:11 / 04.11.2025
Bitiruvchilarni ishga olgan tadbirkorlar uchun imtiyozlar joriy etildi
11:51 / 27.10.2025
Soliq nizolarini ko‘rib chiqish uchun ekspert kengashi ish boshlaydi
17:58 / 24.10.2025