Bastakor Musoxon Nurmatov vafot etdi
U 56 yoshda edi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Taniqli bastakor Musoxon Nurmatov 56 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda uning o‘g‘li, qo‘shiqchi Yusufxon Nurmatov instagram sahifasida ma’lum qilgan.
U uzoq vaqtdan buyon kasallik bilan kurashib kelayotgandi.
Musoxon Nurmatov 1968 yili Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. U 1990-yillar oxiri, 2000-yillar boshida o‘zbek milliy ectrada san’atidagi yuzlab qo‘shiqlar musiqasining muallifidir.
Bastakor faoliyati davomida Ozodbek Nazarbekov, Shohjahon va Zohirshoh Jo‘rayev, Abdurashid Yo‘ldoshev, Bahrom Nazarov, Mansurxon va Yusufxon Nurmatov kabi ko‘plab san’atkorlar bilan hamkorlik qilgan.
Xususan, uning «Laylim», «U go‘zal boshqa», «Adashdim», «Yana sog‘indim, yana», «Meni sevib qolsayding», «Xabaring yo‘q», «Qizmi bu, kiyikmi bu», «Davraga tushgan go‘zal», «Oh, mani vatanim bu», «Kelin bo‘lib ketar bo‘lding Laylo», «To‘lin oy», «Naysonim Vatan» kabi o‘nlab qo‘shiqlari mashhur.
U shuningdek ko‘plab filmlar uchun bastakorlik qilgan, so‘nggi yillarda esa ijodkorning g‘oyasi va prodyuserligida «Jurnalist» va «Qodirxon» kabi seriallar suratga olingan.
Tavsiya etamiz
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda ilk jamoatchilik yashil parki ochiladi
O‘zbekiston | 07:30
-
Olimlar ekstremal issiq va sovuqqa bardoshli «supermetall»ni yaratdi
Fan-texnika | 00:23
-
Osiyo Kubogi U-17. Turnirining eng yaxshilari aniqlandi
Sport | 23:40 / 20.04.2025
-
Sobiq deputat Rasul Kusherbayev IIB chaqirildi
O‘zbekiston | 23:01 / 20.04.2025