O‘zbekiston | 08:49 / 29.05.2024
6593
1 daqiqa o‘qiladi

Yer qa’ridan foydalanish qoidabuzarliklari haqida xabar qilganlar mukofotlanadi

2024 yil 1 oktyabrdan boshlab yer qa’ridan foydalanish qoidabuzarliklari haqida xabar bergan fuqarolar pul mukofoti oladi.

Foto: Kun.uz

Bu - “Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarorida belgilandi.

2024 yil 1 oktyabrdan boshlab jismoniy shaxslar tomonidan Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi maxsus axborot tizimiga yuborilgan yer qa’ridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risidagi fotosuratlar va videoyozuvlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, ularni yuborgan shaxslar pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

Fotosuratlar yoki videoyozuvlardagi huquqbuzarlarning shaxsini aniqlash inspeksiya so‘roviga asosan ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Mavzuga oid