Germaniyaning Grefenxaynixen şahrida yaşovçi 18 yoşli Niklas Mattei notöğri joyga parkovka qilingan avtomobillar ustidan yoziş bilan boşlagan hobbisi ortidan millionerga aylandi, deb yozadi Bussines Insider.
Mattei muntazam ravişda notöğri joyga töxtatilgan avtomobillarni izlab yuradi va şahar yöllaridagi qonunbuzarliklar haqida xabar beradi. Buning uçun hukumat unga pul tölaydi.
Şuningdek, u ommaviy axborot vositalari e’tiboriga tuşib, maşhurlikka erişdi.
“Mening maqsadim butun Germaniya böylab har bir şaharda, har bir aholi punktida kamida bitta noqonuniy parkovkaning röyxatga olinişiga erişiş”, — deb ta’kidladi u Spiegel TV bilan suhbatda.
Ma’lumotlarga köra, u qoidabuzarliklar haqida 10 mingta xabar yöllagan. Uning veb-saytidagi xaritada qayerlarda bölgani körsatilgan.
Yigit bu işi bilan Grefenhaynihen şahar ma’muriyatidagi aholi ğazabini qözğatmoqda. Odamlar hatto jamoat joylarida unga oçiqçasiga hujum qilib turadi. Ba’zilar internetda tahdid qiladi.
Mattei qonun himoyaçisi sifatida tanila boşlagaç, uni turli şou va tadbirlarga taklif qiliş köpaydi. Çiqişlari uçun yigitga pul tölaşadi, bundan taşqari u xayriya ortidan ham daromad qilmoqda.
Ma’lumotlarga köra, Mattei hozirgaça 1 million dollar jamğargan. Işini oddiy velosipedda boşlagan yigitning endi öz maşinasi va haydovçisi bor.
OAVga bergan intervyusida Mattei xobbilaridan taşqari oddiy xodim ekanini aytgan, ammo qaysi kompaniya uçun işlaşini ma’lum qilmagan. Şuningdek, u onlayn marketing bilan ham şuğullanadi.
















