Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belgiya qiroli Kanadada Germaniya bayrog‘i bilan kutib olindi
Foto: REUTERS / Chris Wattiev
Kanadaliklar Belgiya qiroli Filippning Kanadaga rasmiy tashrifi vaqtida Belgiya bayrog‘ini Germaniya bayrog‘i bilan adashtirib qo‘yishdi. Bu haqda Premiere radiostansiyasi ma'lum qildi.
Qirol va uning rafiqasi qirolicha Matilda tashrif davomida Ottava bog‘ida zarang daraxti o‘tqazishlari kerak bo‘lgan. Daraxtlarni o‘tqazish uchun joy Belgiyaning marhum qiroli Boduen va uning rafiqasi qirolicha Fabiolaning 1977 yilda Kanadaga tashriflari vaqtida o‘tqazgan zarang daraxtlaridan bir necha metr nariroqdan ajratilgan.
Qirol Filipp belgilangan joyga kelgandan keyin qirolicha Fabiola o‘tqazgan daraxt yonida Belgiya bayrog‘i o‘rniga unga ranglari bilan o‘xshash bo‘lgan Germaniya bayrog‘i hilpirab turgani aniqlangan. Ushbu xatolik tezda aniqlanib, to‘g‘rilangan.
Belgiya bayrog‘i chapdan o‘ngga qarab qora, sariq va qizil rangdagi uchta vertikal polosadan tashkil topgan.
Germaniya bayrog‘i esa yuqoridan pastga qarab qora, qizil va sariq gorizontal polosalardan iborat.
Mavzuga oid
16:09 / 28.02.2026
Chubays Kanadadan unga qo‘yilgan sanksiyani bekor qilishni so‘ramoqda
09:14 / 25.02.2026
Kanada Ukrainaga harbiy yordamni va RFga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi
08:59 / 21.02.2026
Kanada va AQSh hokkey jamoalari Olimpiada finalida o‘ynaydi
20:05 / 12.02.2026