Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ijro intizomi yangi tartib bo‘yicha nazorat qilinadi - Hukumat qarori
Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston hukumati tizimidagi davlat boshqaruvchi organlari, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlarning ijro intizomiga mas'ul tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarini lavozimlarga tayinlash tartibi va ularning faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari tasdiqlandi.
Prezidentning 10.02.2021 yildagi «Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq, 2021 yil 1 apreldan boshlab barcha respublika darajasidagi davlat organlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining ijro intizomiga mas'ul bo‘linmalari rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish masalalari majburiy tartibda prezident administratsiyasining Ijro intizomini ta'minlash shu'basi bilan kelishilishi belgilangan.
Qaror bilan hukumat tizimidagi davlat organlari va tashkilotlarining birinchi rahbarlariga joriy yil 1 iyuliga qadar quyidagi vazifalar topshirildi:
- ijro intizomiga mas'ul tarkibiy bo‘linmalari bo‘lmagan markaziy apparati, hududiy bo‘linmalari va tizim tashkilotlarida ularning shtat birliklari cheklangan soni doirasida ijro intizomiga mas'ul alohida shtat birligi joriy etilishini ta'minlash;
- ijro intizomiga mas'ul tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari lavozimlariga amaliy tajribaga ega, yuqori malakali, puxta tanlangan nomzodlar tavsiya etilishi va ushbu lavozimlar bo‘yicha kadrlar zaxirasi shakllantirilishi;
- hududiy bo‘linmalar va tizim tashkilotlaridagi ijro intizomiga mas'ul xodimlar malakasini oshirish ishlari va stajirovkalari tizimli tashkil etilishi, ularni markaziy apparat bilan kelishuv asosida lavozimga tayinlash tizimini joriy qilish.
2021 yil 1 maydan boshlab barcha davlat organlari va tashkilotlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida ijro intizomini nazorat qilish, nazorat kartotekalarini yuritish va hisobotlarni shakllantirish faqat «Ijro.gov.uz» tizimi orqali amalga oshiriladi.
Davlat organlari va tashkilotlarining ijro intizomiga mas'ul tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari quyidagilarga javobgar ekani belgilandi:
- qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni hisobga olish va ularning ro‘yxatini shakllantirish, ular bo‘yicha aniq ijrochilar, muddatlar va bajarish mexanizmlari ko‘rsatilgan topshiriqlar tayyorlanishi hamda ularning ijrochilariga yetkazilishini nazoratga olish;
- qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bo‘yicha amalga oshirish grafiklari (nazorat rejalari) tayyorlanishi, tasdiqlanishi va ijroga qaratilishini nazorat qilish;
- «Ijro.gov.uz» ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali kelib tushgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosining tizimli nazoratini amalga oshirish.
Mavzuga oid
07:40 / 02.08.2025
Davlat organlarida ijro intizomini mustahkamlash qanday amalga oshiriladi?
20:16 / 21.11.2023
“Islohotlar qog‘ozda qolib ketmasligi kerak” - Prezident ijro intizomini tanqid qildi
08:26 / 06.10.2018
Vazirlar Mahkamasi, Hisob palatasi va Bosh prokuraturaga yangi vazifalar yuklandi
08:05 / 06.10.2018