Özbekiston Respublikasi prezidenti “Davlat organlari va taşkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi. 

Hujjat bilan belgilanişiça:

2019 yil 1 yanvardan boşlab respublika va hududlar darajasidagi majlis va yiğilişlarni ötkaziş, Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ötkaziladigan yiğilişlar bundan mustasno, faqatgina «Ijro.gov.uz» tizimidagi majlislar va yiğilişlar maxsus markazlaşgan ma'lumotlar bazasiga ötkazilayotgan tadbirning maqsadi, natijalari, iştirokçilar tarkibi va davomiyligi körsatilgan qaydlar kiritilganidan söng amalga oşiriladi; 

Özbekiston Respublikasi Hisob palatasi Özbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va topşiriqlarining töliq va öz vaqtida bajarilişini nazorat qiliş borasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tuzilmalari va Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi bilan yaqindan hamkorlik qiladi; 

Özbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va topşiriqlarida belgilangan ijro muddatlari faqatgina Özbekiston Respublikasi Prezidenti ruxsati bilan Özbekiston Respublikasi Hisob palatasi bilan kelişilgandan söng uzaytiriladi. 

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Boş prokuratura bilan birgalikda majlislar va yiğilişlarning «Ijro.gov.uz» tizimidagi markazlaşgan ma'lumotlar bazasida qayd etilmagan holda ötkazilişiga yöl qöymaslik yuzasidan tizimli nazoratni amalga oşiradi.