«2021 yilda 54 ming oilani uy-joy bilan ta'minlashimiz zarur» – prezident
O‘zbekistonda aholining ehtiyojini qondirish uchun yiliga kamida 100-150 mingta uy-joy qurish talab etiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev uy-joy qurilishi va ipoteka bozorini rivojlantirish borasidagi vazifalar bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tdi.
«O‘tgan 4 yilda davlat dasturlari asosida 140 ming yoki yiliga o‘rtacha 35 mingdan uy-joylar barpo etilgan bo‘lib, bu oldinlari yiliga qurilgan o‘rtacha uy-joydan 4-5 baravar ko‘p, degani. Lekin, bu yetarli emas.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, mamlakatimiz aholisining uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirish uchun yiliga kamida 100-150 mingta uy-joy qurish kerak», deya davlat rahbarining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Aholini uy-joy bilan ta'minlashga oid yangi farmon loyihasi tayyorlangan.
Ushbu farmonda, eng muhimi aholining barcha qatlamlarini uy-joy bilan ta'minlash va bu borada ularning tanlash imkoniyatlarini kengaytirish ko‘zda tutilmoqda.
Birinchidan, joriy yilda 54 ming oilalarni uy-joy bilan ta'minlash zarur.
Jumladan, davlat ipoteka dasturi doirasida jami 45 mingta yoki o‘tgan yilga nisbatan 2 baravar ko‘p uy-joylar quriladi.
Shundan:
- «Qishloq qurilish invest» va «Shahar qurilish invest» tomonidan 12 mingta;
- yangi tartib bo‘yicha Moliya vazirligi tijorat banklariga joylashtiradigan resurslar hisobiga 26,5 mingta kvartira;
- har bir viloyatda yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun 500tadan, jami 6,5 mingta oilaga kredit ajratiladi.
Shuningdek, xususiy tadbirkorlar tomonidan qurilishi boshlangan 8 mingta kvartira joriy yilda foydalanishga topshiriladi.
Bundan tashqari, og‘ir turmush sharoitiga tushib, boshpanasiz qolgan 1 mingta oila, ayniqsa ayollarga «ijtimoiy uy-joylar» ijara asosida ajratiladi.
Jami 54 ming uy-joydan: Qoraqalpog‘istonda – 2 290ta, Andijonda – 4 665ta, Buxoroda – 3 220ta, Jizzaxda – 1 670ta, Qashqadaryoda – 3 710ta, Navoiyda – 1 836ta, Namanganda – 4 025ta, Samarqandda – 4 479ta, Surxondaryoda – 3 989ta, Sirdaryoda – 1 414ta, Toshkent viloyatida – 4 046ta, Farg‘onada – 4 530ta, Xorazmda – 3 016ta va Toshkent shahrida – 7 556ta uy-joy topshiriladi.
Mavzuga oid
12:27 / 09.11.2023
Raqamli bojxona, sanoat kooperatsiyasi, energetika: IHT doirasida O‘zbekistonning takliflari
12:06 / 09.11.2023
Shavkat Mirziyoyev IHT doirasida savdoni soddalashtirish to‘g‘risida bitim qabul qilishga chaqirdi
11:34 / 09.11.2023
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston bilan hamkorlikni rivojlantirish muhimligini ta’kidladi
10:57 / 09.11.2023