O‘zbekiston | 20:35 / 20.11.2020
5180
2 daqiqa o‘qiladi
«Rossiyadagi mehnat muhojirlarimiz huquqini himoyalovchi tizim haligacha yo‘q» - Senat
Senatda migrantlar bo‘yicha parlament so‘roviga hukumatning javobi ko‘rib chiqildi. Javobda bitimlarning Rossiyada amal qilishi masalasi ochiq qolgan. Patent olishni osonlashtirish masalasi haligacha ko‘rib chiqish bosqichida qolmoqda.
Oliy Majlis Senati yalpi majlisida Rossiyadagi o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari masalasida yuborilgan parlament so‘roviga hukumatning javobi muhokama qilindi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Senatning xalqaro munosabatlarga mas'ul qo‘mitasi raisi Ravshanbek Alimovning aytishicha, so‘rovga mazmunan va asosiy hajmda javoblar berilgan bo‘lsa-da, bir qator muammo va kamchiliklar yetarli yoritilmagan.
Unga ko‘ra:
- mehnat migratsiyasiga oid hukumatlararo bitimlarning Rossiya hududida amal qilishini ta'minlash bo‘yicha qilingan ishlar aniq bayon etilmagan;
- haligacha Rossiyadagi o‘zbekistonlik mehnat muhojirlarining huquqlarini himoya qiluvchi tizim yo‘q;
- fuqarolarni Rossiyada ishlash uchun tashkiliy asosda yuborish darajasi nihoyatda past; bu esa ularning huquqlari himoyasini ta'minlashga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda;
- Patent, tibbiy ko‘rik, rus tili imtihoni va boshqa masalalarga yechim haligacha ko‘rib chiqish jarayonida qolmoqda;
- Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Rossiya tomoni bilan imzolayotgan turli kelishuvlari amalda fuqarolar muammolarini hal etmayapti.
Mavzuga oid
12:30 / 06.11.2024
AQShda Trampning respublikachilari Senatda ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritdi
15:55 / 24.10.2024
“5 yilda 440 ga yaqin qonun muhokama qilindi” - Senat raisi
13:38 / 23.10.2024
Yerdan foydalanish haqidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi
13:04 / 23.10.2024